Daryo

Farg‘onada sel kelishi oqibatida ko‘prikka zarar yetdi (video)

Sel viloyatning So‘x tumanidagi ichki yo‘lni bir-biri bilan bog‘laydigan ko‘prikni zararlagan. Aholi yashash hududlariga zarar keltirmagan

1 daqiqa o‘qish89 502 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Hushyor” sel o‘zaniga 4-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida qo‘shni Qirg‘izistondan sel keldi.

Foto: Videodan kadr

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanalining yozishicha, sel tumandagi ichki yo‘lni bir-biri bilan bog‘laydigan ko‘prikni zararlagan. Aholi yashash hududlariga zarar keltirmagan.

“Hushyor” aholi yashash hududlariga yaqin “O‘zgidromet”ning “Sarikanda” meteorologik stansiyasida qisqa vaqt oralig‘ida umumiy 14,5 millimetr miqdorda jala yog‘gan.

“O‘zgidromet” 3—5-avgust kunlari Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfini e’lon qilgandi. FVV aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirib, noxush vaziyatlar vujudga kelganda vazirlikning 1050 qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi 6—8-avgust kunlari ham saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida iyulda uch marta sel kuzatildi, 20 ta xonadon zarar ko‘rdi. Jabrlangan oilalarga yordam pullari tarqatildi.

13-iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 6 kishi tan jarohati oldi, 9 kishi halok bo‘ldi. Ularning eng kattasi 48, eng kichigi esa 6 yosh bo‘lgan. Seldan jabrlanib, kasalxonalarga jami 24 kishi murojaat qilgan.

Namangan viloyati Pop tumani tog‘li “Imomota” MFY hududlaridagi soyda esa 20-iyul kechasi kuchli sel bir qancha avtoulovlarni oqizib ketdi. Sel oqibatida  jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q. Shu kuni yog‘gan kuchli jala oqibatida Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi ayrim xonadonlar ham jiddiy zarar ko‘rdi.

Mavzuga doir: Namanganda sel oqibatida ikkita ko‘prik shikastlandi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar