Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sel oqibatida jabrlanganlarni qidirish va qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qidiruv ishlari asosan Kosonsoy tumanidagi gidrouzelda olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bu yerda FVV, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari va ko‘ngillilar 13-iyul kuni sel oqizib ketgan 7 yashar Muhammadyusuf Rustamovni qidirmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bugun tongda uning ukasi — 6 yoshli Abubakr Rustamov dafn etildi.

Azimjon Ahmadjonov.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“13-iyul kuni tongda Kosonsoyga oilamiz ayollarini dam olgani olib chiqqandik. Soat 11.00 lar chamasida o‘g‘illarim — Muhammadyusuf va Abubakrni ham o‘zim bilan birga olib bordim. Tushlik qilib bo‘lganimizdan so‘ng ular soyga, suv bo‘yiga tushib ketishdi. Biroz o‘tgan so‘ng o‘sha tomonda qiy-chuv, to‘polon bo‘lib ketdi. Odamlarni sel oqizib ketdi, deyishdi. Keyin bilsam, ular orasida o‘g‘illarim ham bor ekan. Abubakrni bugun dafn etib keldik. Muhammadyusufni qidiryapmiz, hali topilganicha yo‘q. Bu oilamiz, qarindosh-urug‘larimiz uchun juda katta musibat bo‘ldi, chunki halok bo‘lgan va kasalxonalarga murojaat etganlarning aksariyati bizning yaqinlarimiz”, — deydi Namangan shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli hunarmand Azimjon Ahmadjonov.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Kosonsoy tumaniga sel yopirilishi oqibatida jami 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning 7 nafari ayol, bir nafari o‘g‘il bola bo‘lib, eng kattasi 48, eng kichigi esa 6 yoshda edi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Hozirda 7 yashar Muhammadyusuf Rustamov qidirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali mutaxassislarining ma’lum qilishicha, seldan jabrlanib kasalxonalarga jami 24 kishi murojaat qilgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Ularning barchasiga tegishli yordam ko‘rsatilgan va uylariga ruxsat berilgan.