Daryo

So‘xda iyulda uch marta sel kuzatildi, 20 ta xonadon zarar ko‘rdi. Jabrlangan oilalarga yordam pullari tarqatildi

Sel yo‘li yo‘nalishida joylashgan ba’zi fuqarolarning ekin yer maydonlariga, hovlilaridagi qo‘shimcha binolarga zarar yetgan edi

1 daqiqa o‘qish37 006 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: So‘x tumani hokimligi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida seldan jabr ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Foto: So‘x tumani hokimligi

15—16-iyul kunlari Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kuzatilgandi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Hokimlikning ma’lum qilishicha, oy davomida tumanda uch marta yuzaga kelgan tabiiy ofat — suv toshqini oqibatida “Hushyor” mahallasining sel yo‘li yo‘nalishida joylashgan ba’zi fuqarolarning ekin yer maydonlariga, hovlilaridagi qo‘shimcha binolarga zarar yetgan.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov tashabbusi bilan seldan zarar ko‘rgan jami 136 nafar fuqaro istiqomat qiladigan 20 ta xonadonga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi, viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida zarar ko‘rgan oilalarga bir martalik moddiy yordam — pul mablag‘lari yetkazib berilgan.

Foto: So‘x tumani hokimligi
Foto: So‘x tumani hokimligi
Foto: So‘x tumani hokimligi
Foto: So‘x tumani hokimligi
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan shahridagi Azimjon Ahmadjonov Kosonsoyga yopirilgan sel oqibatida ikki o‘g‘lini yo‘qotgani, ulardan biri — 6 yoshli Abubakr Rustamov topilgani va 14-iyul kuni dafn etilgani, ikkinchisi — 2014-yilda tug‘ilgan Muhammadyusuf Rustamov esa qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Namanganda suv toshqinidan jabrlangan 132 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi. Suv bosgan hududlarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda (foto)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar