• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Nima sababdan “Roma”ni tanlagani, “Jenoa”dagi yorqin mavsum va kelajagi haqida — Eldor Shomurodovning “Roma” safidagi ilk intervyusi

    Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tganidan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”
    Qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotgani haqida

    Kuchli hayajondaman. Bu men uchun ulkan qadam. Nimaga qodirligimni ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman.

    A Seriyadagi ilk mavsumidan so‘ng “Jenoa”dagi ajoyib muhitni tashlab “Roma”ga o‘tgani haqida

    Bu mening birinchi mavsumim edi va kuchli jihatlarimni namoyon etishga urindim. Ba’zi jabhalarda yaxshi bo‘lsam, ba’zi joylarda xatolarga yo‘l qo‘ydim — buni bilaman. Shunga qaramasdan o‘tgan mavsumdan mamnunman.

    Mavsuming ikkinchi yarmida natijalari yaxshilangani haqida

    Ilk mavsumim edi va moslashish uchun mendan vaqt talab qilinardi. Bu asosiy sabab. Keyinchalik o‘yin tezligiga, jamoadoshlarimga va raqib jamoalarining himoyalanish uslubiga moslashib oldim. O‘ylaymanki, mavsum oxirida yaxshi o‘ynadim. Qanday o‘ynash kerakligini allaqachon o‘rganib olgandim.

    A Seriyada ko‘proq nima qiziqtirgani haqida

    Birinchi navbatda jamoaning saviyasi va men birga o‘ynagan futbolchilar. Ikkinchidan, o‘yin tezligi va hissiyotlar meni hayratga soldi.

    “Rostov”dagi davridan ko‘ra qanchalik o‘zgargani haqida

    Qanchalik o‘zgarganimni baholashim qiyin. Bu ishni o‘yinlarni tomosha qiladigan muxlislar amalga oshirgani ma’qul. Jamoa natijalariga ta’sir ko‘rsata olgan paytimda — o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortadi.

    “Roma”dagi maqsadlari haqida

    Jamoaga sovrin yutishda, katta maqsadlarni amalga oshirishda yordam berishni istayman. Qo‘limdan kelgan barcha narsani qilaman. Rivojlanishda davom etmoqchiman.

    Hujumning istalgan nuqtasida o‘ynay olishi, qaysi biri o‘ziga ko‘proq yoqishi haqida

    To‘g‘risini aytsam, hujumda o‘ynash yoqimli. Hujumda men qanot yoki markaziy hujumchilar pozitsiyalarini bemalol almashtira olaman. Hujumda o‘zimda qulay his qilaman.

    Juda ko‘p takliflar ichidan nega aynan “Roma”ni taklifini qabul qilgani haqida

    “Roma” — Italiyaning eng yaxshi jamoalaridan biri. O‘yin paytida muxlislar jamoani qanday qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdim. Avvallari “Roma”ning o‘yinlarini kuzatib borardim. Barchasi tez hal bo‘ldi, aynan shu jamoa meni hammadan ko‘p o‘z safida ko‘rishni xohladi va tez harakat qildi. Shu tariqa men shu yerdaman. Boshqa sabab esa men oldimga doim katta maqsadlar qo‘yaman. Shuning uchun bu men uchun juda muhim edi.

    Rimdagi birinchi o‘zbek futbolchisi ekanligi haqida

    Bu men uchun faxr. “Jenoa”ga o‘tganimda ham odamlar meni qanchalik qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdim. Endi ular yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi, chunki ular men qanday katta jamoada o‘ynashimni biladi. Bu juda katta faxr.

    Muxlislarga tilaklari

    Muxlislarga salom yo‘llamoqchiman. Bizni qo‘llab-quvvatlashda va ishonishda davom eting! Sizni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz!

    Eldor Shomurodov, futbolchi

    Rim klubi Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

    Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha u “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • “Roma” bosh direktori: “Eldor Shomurodovning sifatlari Mourinyoga mos keladi”
    • Eldor Shomurodov: “Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman”
    • Eldor Shomurodov “Roma”da: qarorgohga tashrif, tibbiy ko‘rik va sevimli raqam (fotogalereya)

    03.08.2021, 15:16   Izoh (0)   22587
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eldor Shomurodov “Roma”da: qarorgohga tashrif, tibbiy ko‘rik va sevimli raqam (fotogalereya)

    03.08.2021, 13:26

    “Roma” bosh direktori: “Eldor Shomurodovning sifatlari Mourinyoga mos keladi”

    03.08.2021, 12:41

    Eldor Shomurodov: “Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman”

    03.08.2021, 11:44

    Tokio—2020. Rustam Assakalov gruziyalik kurashchini yengib, chorak finalga chiqdi. Bokschi Elnur Abduraimov esa medallar uchun kurashdan chiqdi

    03.08.2021, 08:42

    Tokio—2020. Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda yutqazib qo‘ydi va medallardan quruq qoldi

    03.08.2021, 08:17

    Tokio—2020 Olimpiadasida medallar sarhisobi: Xitoy katta farq bilan oldinga o‘tib ketdi, O‘zbekiston esa top-50 da

    03.08.2021, 05:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.