Taqdir ushbu soddagina ayolga hamma narsani tasodifan berdi: yo‘qchilik yoqasidagi qashshoqlik va haqiqiy boylik, o‘z joniga qasd qilish yoqasida tushkunlik va baxt, kamdan kam uchraydigan yovuz odam – birinchi turmush o‘rtoq va chiroyli shahzoda – ikkinchi oila. Joanning hayotida hamma narsa uzoq vaqt davomida yomon edi, lekin u taslim bo‘lmadi va hatto chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa ham o‘zi uchun kurashdi. Endi Joan oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni, xayriya ishlari va ijod qilishni xohlaydi. Endi u baxtli va albatta, u bunga loyiq.

Foto: Pinterest

Ko‘zoynak taqqan qiz

Bolaligida Joan o‘zini unchalik ham yoqtirmasdi, sababi juda oddiy, kichkina, dumaloq, sepkilli qiz katta ko‘zoynak taqar edi. Hayoti juda oddiy, inglizlarning odatiy shahri Chipping Sodberida yashardi. Ota-onasi ham oddiygina, otasi Rolls-Royce zavodida ishchi bo‘lgan. Hamma iste’dodli bolalar singari, Joan ham bu odatiylikdan orzularining himoyalangan olamiga qochdi: u hikoyalar to‘qir va ularni qalin daftarga yozardi. U bu haqida singlisidan boshqa hech kimga bildirmagan.

Joan voyaga yetganida, uning oddiy hayoti qo‘rqinchli va yolg‘izlikka aylandi. Qiz 15 yoshga to‘lganda, onasi og‘ir kasallikka chalindi. Shifokorlar skleroz tashxisini qo‘ydi. Bu vaqtda uning ota-onasi Joanni alohida hayotni boshlashga, uyidan universitetga ketishga majbur qildi. U universitetni tugatib, Londonga ko‘chib o‘tdi.

Foto: Pinterest

Londonda ham hammasi odatdagidek: ish, sayr, qayg‘u. Ammo mo‘jiza uning oddiy hayotiga taklifsiz kirdi. Go‘yo kimdir unga hayotidagi eng hayajonli voqeani aytib berayotgandek, u esa birorta so‘zni o‘tkazib yubormaslik uchun yozishga shoshar edi. Shuning uchun u hamma joyda yozgan: uyda, ishda, hatto kafeda ... Joan “Garri Potter”ni yozgan yili, o‘n yildan buyon skleroz bilan kurashayotgan onasi vafot etdi. Shunday qilib, Joan yetim Garri o‘zini qanchalik yomon his qilganini juda yaxshi tasvirlab berdi – u bu tuyg‘uni yaxshi bilardi.

Birinchi oila

Kunlardan bir kun barda Joan bir yigit bilan tanishib qoldi. Albatta, bu odatiy hol: ular bir-birini yoqtirdi, suhbatlashdi, qo‘ng‘iroqlashdi va yana uchrashdi ... Uning ismi Jorj Arantes edi. Joan keyinchalik tushundiki, uning hayotida Jorjga umuman o‘rin bo‘lmagan, lekin doimiy “lekin”lar ajoyib ayollarni arzimas va nomunosib erkaklar bilan uchrashtiradi ...

Foto: Pinterest

Ularning doimo janjallashgani yetmaganidek, Joan tez-tez Jorjni boshqa ayollar bilan ko‘rar edi. Jorj esa o‘zini har doim ish qidirayotgan odamdek tutar yoki rejalar tuzganday ko‘rsatardi, afsuski, u pul ishlab topmas edi. Ammo Joan ayol bo‘lishiga qaramay, o‘zi va Jorj uchun hech bo‘lmaganda biror narsa topishga harakat qilardi. Oradan biroz vaqt o‘tib Joanning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Jorj o‘sha vaqtda onasi bilan yashashni taklif qildi, ammo Joan bolasini yo‘qotgandi. Bu dahshatdan so‘ng Joan qattiq tushkunlikka tushdi va unga butun dunyo unga qarshi-yu, faqat bitta odam unga yaqin deb o‘ylay boshladi. Shundan so‘ng Jorjga turmushga chiqishga qaror qildi.

Buning oxiri yaxshilik bilan tugamasligi boshidanoq aniq edi. Qo‘pol va telbavor Jorj har doim Joanga hasad qilar, haqorat qilar, hatto unga qo‘l ko‘tarardi. Kamiga ular faqat Joan ishlab kelgan pulga yashardi. Oilaning yagona boquvchisiga aylangan Joan keyingi homiladorligida hattoki tug‘ruq kunigacha ishladi. Achinarlisi, pul eng sifatsiz yeguliklar uchun yetarli bo‘lgan. Joan esa bu vaqtda hatto kosmetikani ham unutishga majbur bo‘lgan. Joan va Jorjning farzandi Jessika Izabel Joan 1993-yil iyulda dunyoga keldi. Afsuski, bu yangilik er-xotin munosabatlarida hech narsani o‘zgartira olmadi, kundan-kunga hammasi jar yoqasi tomon boraverdi. Gap shundaki, uning eri Joanni uydan haydab yuborib, qizini ham olib qo‘ygan. Joan qizini olib ketish uchun politsiyaga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. O‘sha vaqtda Joan o‘zini dahshatli tush ko‘rayotgandek his qilgani rost. Lekin Jorj qachonlardir qo‘l ko‘targan ayol Joan Rouling buyuk yozuvchiga aylandi.

O‘zlikka qaytish

Ajrimdan so‘ng, Joan singlisi bilan yashash uchun Edinburgga ko‘chib o‘tdi. U xavotirda edi, chunki Jorjning giyohvandlikka moyilligini va uni hamma joydan qidirayotganini bilardi. Joan qizi va o‘zini boqish uchun ishlashga kirishdi. U har qanday ishni bajarardi. Shuningdek, Jorjning unga va bolaga yaqinlashishini taqiqlagan sud qaroriga erishdi va Garri haqidagi sehrli hikoyasini yozishni davom ettirdi.

Foto: Pinterest

“Men Garri haqidagi birinchi romanimni yozganimda, juda yomon holatda edim. Tan olishim kerakki men o‘zimga kelishim kerak edi, aks holda aqldan ozgan bo‘lardim”. Do‘stlarim bu bema’nilikdan voz kech, bolalar adabiyoti hech narsaga yaramaydi, shunchaki vaqtni behuda sarflamoqdasiz. Bu hech narsa keltirmaydi, na pul, na shon-sharaf, deya e’tiroz bildirdi. Birinchi roman “Garri Potter va sehrgarning toshi” kulgili nashrda chiqdi – ming nusxada. Va to‘satdan bu kitob Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi kitobi deb tan olindi! Yozuvchidan go‘yoki qanotlar o‘sib chiqqanga o‘xshardi, u kuniga 10 soat, yiliga bitta kitob yozgan. Filmni suratga olish bo‘yicha birinchi shartnomani imzolagach, u nihoyat o‘zini erkin qo‘ydi.

Dastlabki uch yil ichida birinchi uchta kitob 35 milliondan ortiq nusxada sotilgan bo‘lib, ular 35 tilga tarjima qilingan. O‘sha vaqtda Joan endigina 33 yoshda edi. U endilikda boy, mashhur, yosh ayolga aylangandi. Hattoki besh yil ichida multimillioner hayotiga o‘tishi mumkin edi. Butun dunyo uning oyoqlari ostida yotardi. Unda hamma narsa bisyor, faqatgina sevgigina kamlik qilardi. Ammo u ham uzoq kuttirmadi.

U Garriga juda o‘xshaydi!

Joan ziyofatga borganida u yerda Garri Potterga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan yigitni ko‘rdi: dumaloq ko‘zoynak, aqlli ko‘rinish. Ma’lum bo‘lishicha, u 28 yoshli Nil Myurrey anesteziolog edi. Va bu odam bilan u nihoyat o‘zini baxtli his qildi. 2001-yilda ular turmush qurdi, 2003-yil mart oyida ular Devid ismli o‘g‘li, ikki yildan so‘ng Makkenzi ismli qizi dunyoga keldi.

Foto: Pinterest

“Men hech qachon bunchalik baxtli bo‘lmaganman. Bu mening hayotimda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta mo‘jizadir ”, – deydi Joan.

Forbes 2004-yilda J.K.Roulingni kitob yozish orqali milliarder bo‘lgan birinchi odam deb atagan. J.K.Rouling qanchalar yaxshi inson: 2012-yilda Forbes uni eng boy odamlar ro‘yxatiga kiritmagan edi, chunki u xayriyaga 160 million dollardan ortiq ajratgan mablag‘i tufayli milliarder maqomidan ayrilgan.

Joan, asosan, global muammolar bilan kurashayotganlarga yordam beradi: u yolg‘iz onalar va skleroz bemorlar fondiga ko‘p xayriya qiladi. Va uning Lumos jamg‘armasi Yevropa mamlakatlaridagi qashshoq yetim bolalarga yordam beradi. J.K.Roulingning maqsadi – barcha yetim bolalarni muassasalardan qutqarish va ular uchun mehribon oilalarni topish.