• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Ozodbek Nazarbekov Prezident spichrayterining kitobiga taqriz yozdi

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Prezidentining spichrayteri Xayriddin Sultonovning kitobiga taqriz yozdi. Taqriz matni O‘zAda keltirildi. Uni quyida to‘liq o‘qishingiz mumkin.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    Donolar “Yaxshi kitob — ko‘ngil xazinasi”, deb bejiz aytmagan.

    Atoqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to‘plamini mutolaa qilar ekanmiz, u ma’naviy mulkimiz, bir umrlik hamrohimiz, do‘stimiz, darddoshimizga aylanib qolganini yurakdan his etamiz.

    Xo‘sh, ushbu kitobni ko‘nglimizga yaqin qilgan, o‘qishliligi, muvaffaqiyatini belgilab bergan jihatlar nimalardan iborat? Avvalo, muallif hassos shoir Hamid Olimjonning bizni bolalikning sirli, sehrli olamiga yetaklovchi, har birimizning qalbimizda iliq va qadrdon xotiralarni uyg‘otuvchi go‘zal satrini kitobga nom sifatida tanlab olgan.

    “Odamlardan tinglab hikoya”. Birgina ushbu misraning o‘zi bizni odamlar, uzoq yillardan buyon shirin diydoriga talpinib yashayotganimiz — bobo-yu buvilarimiz, ota-onamiz, do‘st-u yaqinlarimiz haqida o‘ylashga undaydi. Ular bilan kechgan dilbar suhbatlar, qiziqdan qiziq hangomalar, voqea-hodisalarni yodga soladi. Shu orqali ularning yorqin qiyofasi ko‘z oldimizda yana bir bor jonlanadi.

    Xayriddin Sultonning ushbu kitobini o‘qish asnosida ham ana shunday sog‘inchli hislar olamiga tushib qolamiz. Chunki to‘plamga kiritilgan hayotnomalarni muallif to‘qib chiqargan emas, u faqat do‘st-u yaqinlaridan, zamondoshlaridan eshitgan voqea-hodisalarni, esdaliklarni, kechinmalarni qog‘ozga tushirgan, xolos.

    Ulug‘ adib Abdulla Qahhor “Quyosh, havo, yer, suv barcha jonivor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Yozuvchi qanchalik iste’dodli, uning qalam tutgan qo‘li qanchalik tajribali bo‘lsa, xalq undan shunchalik chuqurroq minnatdor bo‘ladi, uning ijodini, umuman, adabiyotni shunchalik chuqurroq hurmat qiladi”, deb yozganida naqadar haq edi.

    Xayriddin Sulton ham kitobga kirgan hikoyalarni xalqdan olib, o‘z tafakkur prizmasidan o‘tkazib, go‘zal shakl va uslubda yana xalqqa tortiq qilgan. Hikoyalarni aytib berganlar orasida taniqli olimlar, ziyolilar, shifokorlar, ijodkorlar, davlat xizmatchilari, vazirlardan tortib oddiy qishloq ayoli — 75 yoshli keksa onaxon ham bor. Bu insonlar o‘zlari, do‘st-u oshnolari, yaqinlarining boshdan kechirganlari, goh achchiq, goh shirin xotiralarini hikoya qilar ekan, ularning quvonch va qayg‘ulari, orzu-armonlari, dard-u hasratlari sizga ham begona emasligini anglaysiz. Chunki ularning aksariyati biz bilan zamondosh, hatto qismatdosh ham.

    Bu qahramonlarning aksariyatini ko‘pchilik taniydi. Ular aytib bergan hikoyalarni balki ular ham tinglagan chiqar. Biroq bu aytimlarni badiiy asarga aylantirish, ularning ibratli jihatlarini anglab, dilga yaqin bir uslubda qog‘ozga tushirish oson ish emas. Hamma ham bu haqda bosh qotirmaydi va barchaning ham qo‘lidan bunday ish kelmaydi. Buning uchun ijodkordan yuksak iste’dod, mahorat, qunt va mehnat talab qilinadi. Yozuvchining “odamlardan hikoya tinglash” usuli asarlar tilining soddaligi, mazmunan xalqchilligini ta’minlagan. Masalan, Toshkent shahrining sobiq bosh imom-xatibi, marhum Anvar qori Tursunov aytib bergan hikoya orqali bu ma’rifatparvar insonning hikmatlarga boy suhbatlari, sof va samimiy hazil-mutoyibalari yodga tushadi.

    “Omad” sarlavhali ushbu hikoyada har bir insonga, kim bo‘lishidan, qaysi lavozimda ishlashidan qat’i nazar, unga Yaratgan tomonidan ato etilgan tole zarur ekanligini anglaymiz. Hikoya qahramoni Botirbek — uzoq yillar ishsizlik jabrini chekib, moddiy yetishmovchiliklar girdobiga tushib qolgan yigit nihoyat qori akamiz ko‘magi bilan o‘z yashab turgan qishloq qabristoniga go‘rkovlikka tayinlanadi. Biroq bir yil o‘tib, ushbu hududga borgan Anvar qoriga yana o‘sha yigit ro‘baro‘ bo‘ladi va yana ish topib berishini iltimos qiladi. Sabab... sabab esa juda oddiy, hatto biroz kulgili, quvonchli ham. Ya’ni bir yildan buyon ushbu qishloqda odam o‘lmagan.

    “Endi... bu sinoatni qarang — katta qabriston bor, go‘rkov bor, ketmon, belkurag-u guvala — hamma narsa bor, imom-xatib rozi, odamlar rozi, faqat... faqat o‘lik yo‘q, xolos! Ya’ni Botirbekda kuch-quvvat bor, aql-idroki joyida, g‘ayrati jo‘sh urib yotibdi, faqat tole pastlik qilib, omad kelmay turibdi-da, omad! Shuning uchun, azizlar, Alloh taolodan so‘raganimizda omad ham so‘rash kerak ekan...”, deya hikoyasini yakunlaydi Anvar qori Tursunov.

    Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov aytib bergan voqealar ham shu kecha-kunduzda hayotimizda kechayotgan, bizni o‘yga solib turgan umr lavhalaridir. Olim ulug‘ bobolarimiz, jumladan, Mirzo Boburning xotirasini abadiylashtirish, uning merosini o‘rganish, izlab-topish, asrab-avaylash haqida so‘zlaydimi yoxud jafokash afg‘on zaminida ko‘rgan-kechirganlarini, notinchlik keltirib chiqargan fojialarni yo Buyuk Britaniyada ona Vatanimizga kelmasdan, bu yerdagi real holatni bilmasdan turli uydirmalarni to‘qiyotgan g‘arazgo‘ylar bilan tortishuvlarini hikoya qilib beradimi — bularning barchasi o‘quvchini hayotga teran nazar tashlash, o‘zligini anglash, milliy g‘ururini toblash, bugungi tinch-totuv, dorilamon kunlarni qadrlash, globallashgan dunyoda doimo ogoh va sergak, hushyor yashashga undaydi.

    To‘plamga kiritilgan hikoyalar qahramonlari qismati har birimiz uchun g‘oyat ibratli. Misol uchun, “Bir dollarlik hikoya” asari qahramoni — 60 yoshli yozuvchi Isroil Qalandar. U “Tabassum o‘lkasi” — Tailandda safar taassurotlarini qog‘ozga tushirar ekan, beixtiyor o‘z yurtini eslaydi, bolaligi, orzu-maqsadlari yo‘lida kurashib yashagani ko‘z oldidan o‘tadi.

    — O‘zbek qishlog‘ida tirikchilik qilish hech qachon oson bo‘lmagan, hozir ham oson emas, balki bundan keyin oson bo‘lar, ammo mening yoshligim kechgan o‘tgan asrning oltmishinchi-yetmishinchi yillarini eslasam..., beixtiyor “Men odam edim-ku, inson farzandi!” deb yig‘lagim keladi, — hikoya qiladi u. — Taxminan, yetti yashar qishloq bolasini onasi ertalab, to‘rt-beshlarda “Kun choshgoh bo‘lib ketdi, yotaverasanmi g‘aflat bosib, ana, qo‘shnining bolasi allaqachon moliga qarab bo‘ldi, tur o‘rningdan, yaramas!” degan “shirin” so‘zlar bilan uyg‘otadi. Bola apil-tapil yuz-qo‘lini yuvib, molxonaga yuguradi: mollarning tagini tozalaydi, oxuriga pichan soladi, qo‘yga yem beradi, somon yuvib, tog‘orada tert qoradi. Soat sakkiz bo‘lganida bir burda nonni bir piyola quruq choy bilan yutib, maktabga ravona bo‘ladi... Har kuni — qishin-yozin, necha yillar davomida yakkash shu holat takror bo‘laveradi: og‘il tozalash, molga yem berish, sug‘orish, o‘tga borish, pichan o‘rish, somon yanchish...

    Ayni paytda u mavjud turmush qa’ridan ro‘shnolik, yorug‘lik sari eltadigan yagona bir yo‘l borligini bilar, garchi u paytda Imom Buxoriyning nomini ham, u zot rivoyat qilgan “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”, degan hadisni eshitmagan bo‘lsa-da, instinktiv tarzda, butun jon-u jahoni bilan shu girdobdan chiqib ketishga urinar, sharoiti qanchalar og‘ir bo‘lmasin, o‘lib-tirilib o‘qir edi...

    Asar qahramoni — ana shunday qiyinchiliklarni yuksak iroda bilan yengib o‘tib, hozirgi kunda o‘z orzu-maqsadlariga erishgan inson. Uning taqdiri bugun ham qishlog‘-u ovullarda voyaga yetayotgan minglab o‘g‘il-qizlarga o‘rnak bo‘la oladi. O‘z taqdirining ijodkoriga aylanishi uchun kuch va ruh beradi.

    “Valijon kasal bo‘ldi” nomli hikoyada hayotning achchiq sinovlariga duch kelgan inson taqdiri misolida bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududida faoliyat boshlagan Xalq qabulxonalarining insonlar dard-u tashvishlarini aritish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g‘oya ro‘yobiga xizmat qilayotgani ochib berilgan.

    “Maktub” sarlavhali hikoyada bugungi kunda butun dunyoni larzaga solgan va uning zarbli to‘lqini hali ham ne-ne qudratli davlatlarni qalqitib turgan koronavirus balosining ayanchli oqibatlari o‘zining badiiy ifodasini topgan. Asar qahramoni — insonlarga yaxshilik qilish, ularning salomatligini tiklashga butun umrini bag‘ishlagan shifokor Qobil Shonazarovning ushbu “ko‘rinmas ofat” qurboniga aylanishi yurak-bag‘ringizni o‘rtaydi. Ezgulik hech qachon zavol topmasligini, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda har bir kishi o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmasligi, hushyorlik, mardlik va matonatni hayotiy shiorga aylantirishi lozimligini chuqur anglaymiz.

    ...Buyuk jadid bobomiz Cho‘lpon qayd etganidek, adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlig‘idan bizga g‘oyat kerakdir.

    Shu ma’noda, taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning butun ijodi, xususan, “Odamlardan tinglab hikoya” kitobi ma’rifat suvi yanglig‘ qalb va tafakkurimizni yorug‘ va ravshan qiladi. Asardan chiqargan xulosalarimiz, olgan taassurotlarimiz, tarbiyamiz bizga bir umr hayot yo‘llarimizni nurafshon etuvchi yo‘lchi yulduz, ma’rifat mayog‘i bo‘lib qoladi.

    Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

    Mavzuga doir:

    • Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining birorta sahnasi O‘zbekistonda suratga olinmaganiga izoh berdi
    • Ozodbek Nazarbekov aktyorlar — Alisher Uzoqov va Adiz Rajabovning “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etmagani sababini aytdi

    12.04.2021, 14:21   Izoh (0)   28935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk ayollar haqidagi eng yaxshi 10 film (foto)

    04.03.2021, 09:57

    Britaniyalik mashhur yozuvchi, 20 dan ortiq josuslik romani muallifi Jon le Karre vafot etdi

    14.12.2020, 19:21

    Bill Geyts 2020-yilda o‘qigan kitoblaridan 5 ta eng yaxshisini tavsiya qildi

    10.12.2020, 16:02

    AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi

    18.09.2020, 20:24

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliya va Buyuk Britaniya o‘rtasida 50 yillik mudofaa shartnomasi imzolanadi

    Dunyo | 25 iyul, 16:50

    Giperfaol bolani multfilmlar yordamida tinchlantirish mumkinmi? Foydali va xavfli kontent o‘rtasidagi farqlar

    Farzand | 25 iyul, 16:40

    Andrea Pirlo faoliyatini BAAda davom ettiradi

    Sport | 25 iyul, 16:33

    Filippindagi tropik bo‘ronlarda bir haftaning ichida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 16:21

    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

    Reklama | 25 iyul, 15:00

    Toshkentda rossiyalik jurnalist vafot etgan mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 16:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.