• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun qariyb 1,4 mlrd yevro sarflanishi kutilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Jahon banki bilan hamkorlikda Andijon, Buxoro, Samarqand, Chirchiq shaharlaridagi markazlashgan issiqlik ta’minoti tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda. 2021-yildan boshlab, Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Guliston, Urganch, Farg‘ona, Chirchiq va Angren shaharlarida ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish boshqaruv-servis kompaniyalariga o‘tkazilmoqda.

    Toshkent aholi soni jihatidan ham, issiqlik tarmoqlarining ko‘lami bo‘yicha ham O‘zbekistonning eng katta shahridir. Bu yerda 9 ming 165 ta ko‘p qavatli uy, 3 ming 475 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan. Lekin magistral va tarqatish tarmoqlarning 72 foizi, markaziy qozonxonalarning hammasi, mahalliy qozonxonalarning 90 foizi eskirgan.

    Bu xarajatlarning haddan ziyod ortib, xizmat sifati pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2020-yili issiqlik energiyasi yo‘qotilishi 44 foizni, pulga chaqqanda, 630 milliard so‘mni tashkil etgan. Buning uchun 460 million kub metr tabiiy gaz, 55 million kub metr ichimlik suvi, 154 million kilovatt elektr energiyasi ortiqcha sarflangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oqibatda “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasining kreditor qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda. Xizmat sifati pastligi aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Shu bois 2019-yil 2-dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilinib, tizimda bozor tamoyillari va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

    O‘tgan davrda bu borada loyiha konsepsiyasi tayyorlanib, takliflar olish uchun tanlov e’lon qilindi. Osiyo taraqqiyot bankining xulosasiga ko‘ra, Fransiyaning Veolia kompaniyasining loyihasi eng samarador deb topildi. Bu kompaniya Polsha, Chexiya, Ruminiya, Litva, Germaniyadagi shaharlarda issiqlik tizimini boshqarish tajribasiga ega.

    Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi bilan kompaniya o‘rtasida xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.

    Loyihaga ko‘ra, Veolia kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

    Bu mablag‘lar evaziga 181 ta issiqlik qozonxonasi modernizatsiya qilinishi, 28 mingta issiqlik punkti o‘rnatilishi, 841 kilometr tarmoq rekonstruksiya qilinib, 576 kilometr tarmoq yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 391 ta maxsus avtomashina va boshqa uskunalar sotib olinadi. Xalqaro darajadagi texnik audit va billing tizimi joriy etiladi.

    Taqdimotda, avvalo, issiqlik ta’minoti xizmatlarini xususiy sheriklik asosida tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Prezident taklif etilayotgan loyihani Toshkent shahridagi mavzelardan birida namuna sifatida joriy etib, samaradorligini tajribadan o‘tkazish, har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Boshqaruvga berishdan oldin “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasiga tegishli mol-mulk va binolar xatlovdan, ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti tizimlari texnik va energetik auditdan o‘tkazilishi belgilandi.

    Loyihani amalga oshirish uchun Issiqlik tizimini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Loyiha doirasida olingan sof foydaning 10 foizdan oshgan qismi mazkur jamg‘armaga o‘tkazib boriladi.

    Maxsus texnika, uskuna va materiallarni davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga asosan ochiq tender orqali, maqbul narxlarda sotib olish kerakligi qayd etildi.

    Veolia kompaniyasi bilan birga mahalliy mutaxassislar malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

    Mavzuga doir:

    • Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish uchun 36 mln dollar ajratadi
    • Poytaxt hokimligi Toshkentda isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkazilishi haqida fuqarolarni ogohlantirdi
    • O‘zbekistonda 2000 dan ortiq uy markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulanadi

    02.08.2021, 22:12   Izoh (0)   33065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qolgani aytilgan ayolning holati Senat tomonidan nazoratga olindi

    02.08.2021, 21:42

    Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov koronavirusga qarshi emlandi

    02.08.2021, 21:26

    Surxondaryoda yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan “Jiguli” uch avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

    02.08.2021, 20:41

    Samarqandda qalbaki PZR-test tahlilini sotib qo‘lga tushgan shaxsning ukasi bu ishni yopish evaziga IIB xodimiga pora berayotganda ushlandi

    02.08.2021, 20:25

    Qashqadaryoda katta tezlikda yo‘l yoqasidagi do‘konga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

    02.08.2021, 19:39

    “Valyutadagi kreditlarni faqat eksport qiluvchi tadbirkorlarga berishimiz kerak” – bosh vazir o‘rinbosari

    02.08.2021, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.