Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent vaqti bilan 1-avgust, yakshanbaga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarrux Adashev (4-3) UFC Vegas 33 musobaqasi doirasida oktagonga ko‘tarildi.

Zarrux Adashev Rayan Benuaga qarshi jangda.

Zarrux Adashev Rayan Benuaga qarshi jangda.
Foto: Zuffa LLC / Kris Unger

Unga bu jangda amerikalik Rayan Benua (10-8) raqiblik qildi. Jang to‘liq 3 raund davom etdi. Hakamlar bir ovozdan Zarruxning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Zarrux UFC promoushenidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Sportchi bu g‘alabadan so‘ng UFC’da qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Adashev bungacha UFC’dagi ikki jangida yutqazgandi. Promoushendagi ilk jangida 32 soniya ichida nokautga uchrab, Tayson Nemga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi jangida esa Su Mudaerjiga ochkolar evaziga yutqazgandi.

Ma’lumot uchun, Zarrux UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?