Toshkent vaqti bilan 1-avgust tongida yakkurashlar bo‘yicha bir qator yirik musobaqalar o‘tkaziladi.

Los-Anjelesda Bellator 263 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy jangi Patrisiu “Pitbul” Freyra va Ey Jey Makki o‘rtasida kechadi. Shuningdek, ushbu Bellator oqshomida rossiyalik yakkakurashchi Usmon Nurmagomedov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Unga Luis Muro raqib bo‘ladi.

Bellator 263 musobaqasi Toshkent vaqti bilan 02:00 da boshlanadi. Nurmagomedovning jangi esa 06:00 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.

Foto: Bellator

Las-Vegasda esa UFC Vegas 33 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur MMA kechasida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarrux Adashev o‘zining UFC’dagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Unga AQSh vakili Rayan Benua raqib bo‘ladi. Har ikki sportchi so‘nggi ikkita jangni mag‘lubiyat bilan tugatgan. Bu ular uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi. Oqshomning markaziy jangi esa Yuraya Holl va Shon Striklend o‘rtasida kechadi.

UFC Vegas 33 musobaqasi Toshkent vaqti bilan 03:00 da start oladi. Adashevning jangi tartib bo‘yicha ikkinchi bo‘lib, 03:20 atrofida start oladi.

UFC Vegas 33 asosiy kardi bilan tanishing:

  • Yuraya Holl (18-9) — Shon Striklend (23-3);
  • Kyun Ho Kan (17-8) – Rani Yaya (17-10-1);
  • Sheyanni Bays (5-2) – Gloriya de Paula (5-3);
  • Jared Guden (17-6) – Niklas Shtolse (12-4).

Foto: UFC

+91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov 1-avgust kuni chorak finalda Hindiston vakili Satish Kumarga qarshi jang qiladi. Jang Toshkent vaqti bilan 09:05 da start olishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 1-avgust tunida yana bir o‘zbekistonlik yakkakurashchi o‘z jangini o‘tkazadi. Nursulton Ro‘ziboyev Milan shahrida Brave promousheni tomonidan tashkil etilgan MMA kechasida asli dog‘istonlik bo‘lgan Abdul Abduraguimovga qarshi jang qiladi.

Foto: Brave

Barcha janglarga oid qo‘shimcha ma’lumot va videolar bilan ushbu havolada tanishish mumkin — havola.