Realme kompaniyasi ikkita yangi modelini — tashqi ko‘rinishi ustida yaponiyalik taniqli sanoat dizayneri Naoto Fukasava ish olib borgan GT Master Edition va GT Exploration Master Edition’ni taqdim etdi. Apparatlar shisha va metall korpusga, shuningdek, maxsus vegan charmli versiyasiga ega bo‘lgan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: “Afisha.uz”

Modellarning eng kichik versiyasiga 360 gerts tach-sensorga ega 6,43 dyuymli dipsley, kattasiga 480 gerts tach-sensorga ega 6,55 dyuymli egilgan displey o‘rnatilgan. AMOLED-matritsalardagi tasvirning yangilanish chastotasi 120 gertsga teng. Barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan.

Foto: “Afisha.uz”

GT Master Edition ichiga Snapdragon 778G protsessori, 8 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi. GT Exploration Master Edition esa Snapdragon 870 chipi, 8/12 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi mos ravishda 4300 va 4500 mA/soat bo‘lib, 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Foto: “Afisha.uz”

Realme yangi modellarga to‘rttadan kamera o‘rnatgan:

  • GT Master Edition — 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng burchak, 2 megapikselli makro-modul va 32 megapikselli frontal kamera;
  • GT Exploration Master Edition — 50 megapikselli asosiy, 16 megapikselli keng burchak, 2 megapikselli qo‘shimcha datchik va 32 megapikselli frontal kamera.

Foto: “Afisha.uz”

Smartfonlar savdosi Xitoyda 30-iyuldan boshlanadi. Rasmiy narxlar:

  • GT Master Edition 8/128 GB — 370 dollar;
  • GT Master Edition 8/256 GB — 400 dollar;
  • GT Exploration Master Edition 8/128 GB — 450 dollar;
  • GT Exploration Master Edition 12/256 GB — 495 dollar.

Avvalroq Realme GT — Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan eng arzon smartfon taqdim etilgan edi.