Daryo

Realme GT — Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan eng arzon smartfon taqdim etildi

Qurilmaga yangilanish chastotasi 120 gertsga teng Super AMOLED ekran o‘rnatilgan, barmoq izi skaneri ham displey yuzasida joylashgan

1 daqiqa o‘qish27 112 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSMarena

Realme kompaniyasi Snapdragon 888 chipida ishlaydigan eng hamyonbop smartfon — Realme GT’ni taqdim etdi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: GSMarena

Ta’kidlanishicha, yangi model “1950- va 1960-yillardagi GT klassiga kiruvchi kuchli sport avtomobillaridan ilhomlanilgan nom va dizaynga” ega. Sotuvga uchta versiya chiqadi, ulardan birinchisi kumushrang bo‘lib, 3D-shisha naqshlar tushirilgan. Shu orqali qurilma yuzasida “yorug‘lik tarqalishi va birlashuvining optik effektiga erishilgan”.

Ikkinchi model — “yorug‘likni yutish effektini hosil qiluvchi” maxsus optik plyonkaga ega havorang. Uchinchi versiya — eni bo‘yicha kamera blokiga teng qora tasmali sariq model. Oxirgi variantdagi Realme GT’ning orqa qopqog‘i charmdan ishlangan.

Foto: GSMarena

Apparatga piksellari soni 2400x1080 ga teng 6,4 dyuymli, yangilanish chastotasi 120 gertsga teng Super AMOLED ekran o‘rnatilgan, barmoq izi skaneri ham displey yuzasida joylashgan. Smartfondagi kameralar soni to‘rtta: 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli ultra keng burchak, 2 megapikselli makro-obyektiv va 16 megapikselli frontal kamera. Telefon 4K formatda videolarni yozib olishga qodir.

Realme GT’ning asosiy o‘ziga xosligi yangi qurilmalar ichiga Snapdragon 888 protsessori o‘rnatilgan. Grafik tezlashtirgichi Adreno 660 bo‘lib, unga 6 yoki 12 gigabaytli tezkor xotira yordam beradi. Smartfonga VC Voost zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan sovitish tizimi qo‘shilgan — bu yuqori issiqlik tarqalish koeffitsiyentiga ega yengil 3D bug‘ sovitishining yangi avlodi hisoblanadi.

Foto: GSMarena

Ichki xotirasi — 128 yoki 256 Gb. Akkumulyatori sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lib, 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Yangi smartfonning jahon bo‘ylab savdolari 10-mart kuni boshlanadi. Realme GT’ning rasmiy narxi — 8/128 Gb versiyasi 428 dollar, 12/256 Gb versiyasi — 505 dollar.

Mavzuga doir: Realme geymerlar uchun salkam 2 dollarlik aksessuarini taqdim etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar