Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Qozog‘istonning ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi xabar qildi.

Foto: Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi

Foto: Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi

Uchrashuvda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida suv resurslarini boshqarish holatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Qozog‘iston uchun “Do‘stlik” davlatlararo kanali orqali Turkiston viloyatining Maqtaaral va Yettisoy tumanlari fermerlari uchun suv chiqarilishi 80 dan 90 kub metr/soatgacha oshirildi. Shunday qilib, yozgi vegetatsiya davrida Qozog‘iston dehqonlari yerlarini sug‘orishda suv tanqisligini sezmaydi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Sirdaryo daryosidan to‘ldiriladigan Shardara suv omboriga oqimni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida transchegaraviy suv havzalarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi bitim loyihasini muhokama qildi. Shartnoma loyihasini kelishib olish bo‘yicha jarayonni 2021-yil oxirigacha yakunlash istagi bildirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?