Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi hamda Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.B. xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2000 quti “Methylprednisolone Sodium Succinate for Injection USP Addsone” nomli dori vositalarini 120 million so‘mga hisoblab, xaridorga Nurafshon shahridagi avtoturargoh oldida sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Toshkentda 175 million so‘mlik dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)