Daryo

Muftiy Usmonxon Alimovning ukasi vafot etdi

Janoza namozi Samarqand viloyatining Ishtixon tumani, Orlot qishlog‘idagi jome masjidida juma namozidan so‘ng o‘qiladi

1 daqiqa o‘qish173 606 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: OʻMI matbuot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov vafot etdi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘MI matbuot xizmati

“Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin”, — deyiladi xabarda.

Janoza namozi bugun, 12-iyul kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumani, Orlot qishlog‘idagi “Orlot” jome masjidida juma namozidan so‘ng o‘qiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar