Daryo

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hech bir haydovchi tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish141 622 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Olmazor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Navbatchilik qismi” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘lida piyodani belgilanmagan joydan o‘tishi oqibatida 5 ta avtomobil oraliq masofani saqlay olmay to‘qnashgan. Hech bir haydovchi tan jarohati olmagan.

“Yelim idish ko‘targan 50 yoshli odam yo‘limni kutilmaganda kesib o‘tdi. Shunda qattiqroq to‘xtab yubordim”, — deydi Damas haydovchisi.

5 ta avtomobil — ikki Damas, Spark, “Gazel” hamda Malibu turli darajada shikastlangan.

Bundan avval Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani, Parkentda tormozi ishdan chiqqan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil bilan to‘qnashgani hamda Toshkentda 20 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar