Daryo

O‘zbekistonda olti oy ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 954 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yarim yil ichida jami 3753 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan

1 daqiqa o‘qish33 954 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2021-yilning o‘tgan olti oyi mobaynida jami 3753 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 3170 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Umumiy yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 28 foizi haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik me’yorlarini buzish oqibatida kelib chiqqan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki besh oyi ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 770 kishi halok bo‘lgan. Shundan kelib chiqadiki, iyun oyining o‘zida mamlakatda 184 kishi YTH qurboniga aylangan.

Avvalroq Toshkentda so‘nggi olti oy ichida ayollar bilan bog‘liq jami 43 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, tungi reydlar davomida transport vositasini mast holatda boshqarayotgan ayollar ham uchramoqda.

Mavzuga doir: “YTHlar oqibatida koronavirusdan ko‘ra ko‘proq odam vafot etmoqda” — Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan, O‘zbekistonda yilning dastlabki choragida yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar