Daryo

Namanganda Nexia urib yuborishi oqibatida 7 yoshli bola vafot etdi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish55 544 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 7 yoshli bolani Nexia urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 13-iyul kuni soat 15:45 larda Mingbuloq tumani Baliqchi—Mingbuloq—Pungon yo‘lining 63-kilometrida Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2014-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Surxondaryoda to‘xtash ishorasiga amal qilmay, YPX xodimini urib ketgan haydovchi qamoqqa olingani, Namanganda Damas bilan to‘qnashgan Labo haydovchisi vafot etgani hamda Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar