Ekspress kredit sizga tovar aylanmasini qisqa fursatlarda ko‘paytirish, biznesingizni kengaytirish va qo‘shimcha foyda olish imkonini beradi. Kredit mablag‘ini olish uchun ariza 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilgani bois ham ko‘p jihatdan ushbu kredit mahsuloti tezkor format turiga kiradi.

Tadbirkorlik — dinamik jihatdan tezkor yechimlarni talab qiluvchi o‘ziga xos soha. Firma yoxud korxonangiz zudlik bilan qo‘shimcha mablag‘ga muhtoj bo‘lib qoluvchi holatlar mavjud. Masalan, mahsulot yetkazib beruvchi xomashyoga chegirma e’lon qiladi va siz hozir xarid qilib olgan mol miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, yakuniy foyda ham shuncha yuqori bo‘ladi. Yoki aksincha narxlarning ko‘tarilishi kutilmoqda: tovarlarni eski narxda xarid qilib olish va yangisiga sotish orqali tadbirkor orttirilgan marjga ega bo‘ladi.

Bunday hollarda ekspress kreditlar yordamga keladi. Ular sizga kerakli pul mablag‘ini olishga, foydali bitim imzolashga va keyinchalik olingan daromad hisobiga bank foizlarini to‘lashga imkon beradi. Biroq odatda amaldagi biznes ko‘pincha bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.

  • Bank tomonidan uzoq muddatda qaror qabul qilish. Qoidaga ko‘ra, arizani ko‘rib chiqish muddati bir haftadan bir oygacha o‘zgarib turadi. Shu vaqt oralig‘ida shartnoma bekor qilinishi mumkin va kutilgan foyda olinmay qoladi.
  • Qarz oluvchining aniq bir garov ta’minoti mavjud emasligi. Hamma tadbirkorda ham garov ta’minotiga aylanadigan avtomashina, ko‘chmas mulk yoki zargarlik buyumlari bo‘lavermaydi.

“Ipak yo‘li” bankining ekspress kreditlarini ishlab chiqishda ushbu sanab o‘tilgan jihatlarning barchasi inobatga olingandir. Bunday jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aylanma mablag‘larning ko‘payishi daromadga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari orasida yuqori talabga ega. Bank 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, bir qator kreditlar bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi. Hujjatlar to‘plami minimal darajada, biznes-reja va qo‘shimcha ma’lumotnomalar talab qilinmaydi.

Ishonch: 100 million so‘mgacha, 12 oy muddatga

Mazkur kredit turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkor mol-mulk, uskunalar yoxud qimmatbaho narsalarni garovga qo‘yishi shart emas. “Ipak yo‘li” banki garov ta’minoti sifatida muomaladagi tovar mahsulotlarini yoki qarzni to‘lay olmaslik xavfidan sug‘urta polisini qabul qiladi. Shunday qilib, qarz oluvchi o‘z mablag‘ini erkin tasarruf etish huquqini saqlab qoladi.

Business Express: 300 million so‘mgacha, 18 oy muddatga

Business Express krediti uchun mablag‘lar asosiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Tadbirkor kredit mablag‘ini o‘z istak va ehtiyojlariga ko‘ra sarflashi mumkin. Muammolarni qisqa fursatlarda hal qilish va maslahat berish uchun har bir mijozga shaxsiy menejer tayinlangan.

Express Auto: yangi yoki eskirgan avtomashina xarid qilib olish uchun

“Ipak yo‘li” banki mijozlarni xarid qilib olish yoki sotib olish joyini tanlashda cheklamaydi. Siz avtomashinani salondan ham, ikkilamchi bozordan ham xarid qilib olishingiz mumkin. Kredit mablag‘ining to‘lovi bo‘yicha xarid qilib olinayotgan transport vositasi yoki boshqa turdagi garov ta’minoti — ikkalasi ham birdek garov vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Yana bir turdagi garov ta’minotini taqdim etganda esa bank dastlabki to‘lov badalisiz sizning xaridingizni 100 foiz moliyalashtiradi va siz avtomashinani shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun yoki foyda ko‘rishingiz uchun olasiz.

“Ipak yo‘li” bank ekspress liniyasining barcha kreditlari uzoq muddatga beriladi. Bu sizga kompaniyaning oylik moliyaviy yukini kamaytirish va qulay tezlikda qarzni to‘lash imkonini beradi. Foizlar faqat asosiy qarzning qolgan miqdori bo‘yicha olinadi. Shunga ko‘ra, kreditni muddatidan oldin to‘lash bankka to‘lov summasini sezilarli kamaytiradi.

https://business-iyb.uz/ havolasi orqali kredit kalkulyatori ko‘magidan foydalanib, kredit mablag‘ini to‘lashning qulay jadvalini tanlab oling. +99878 140 69 00 telefon raqami orqali yoki “Ipak yo‘li ”bank filialiga qo‘ng‘iroq qilib, bank mutaxassisiga murojaat qiling va o‘z biznesingizni rivojlantirish uchun zudlik bilan pul mablag‘ini qo‘lga kiriting.

Reklama huquqi asosida.