Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—iyun oylarida Cobalt avtomobili eng ko‘p — 31 788 dona ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, “Zamon.uz” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning dastlabki yarim yilligida ishlab chiqarilgan boshqa avtomobillar soni esa quyidagicha:

  • Damas — 28 772 dona;
  • Lacetti-Gentra — 21 962 dona;
  • Nexia T-250 — 13 943 dona;
  • Spark — 6085 dona;
  • Labo — 6230 dona.
Shuningdek, mamlakatda yanvar—iyun oylarida jami 1855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan.

Bundan tashqari, 2021-yilning dastlabki olti oyida 495 dona avtobus ishlab chiqarilib — ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 foizga ko‘p. Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida esa jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.

Avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini yig‘ishni boshlashi, 2020-yildan 2021-yilning hozirgi vaqtigacha ayollar tomonidan jami 45 562 dona avtomobil sotib olingani, O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 million dollarga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?