Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi ranglari bo‘yicha xabarlar keng tarqaldi. Kompaniya shu munosabat bilan rasmiy bayonot berdi.

“OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan avval UzAuto Motors anomal issiqda mashinalarni qanday saqlash kerakligi borasida ko‘rsatma bergani, O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 million dollarga oshgani hamda O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p qaysi avtomobilni sotib olgani haqida xabar berilgandi.
