• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Foto: Xavf bilan birga zavqni tuyish imkonini beruvchi temiryo‘l yo‘nalishlari

    Poyezdlar bir necha asr davomida savdo-sotiqni rivojlanishida muhim rol o‘ynagan, sayyoh va yo‘lovchilar hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan. Qanday maqsadda qurilishidan qat’i nazar, shahar va qishloqlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi, masofalarni yaqin qiluvchi hamda yo‘nalish davomida tabiatning go‘zalligi bilan birga xavfni his qilishga sabab bo‘luvchi temiryo‘llar qayerda joylashgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Aso — Minami, Yaponiya

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    O‘rmon va tepaliklari o‘rtasidan o‘tgan temiryo‘l yo‘nalishi, g‘ayrioddiy ravishda faol bo‘lgan vulqon bilan ham kesishadi. Atrofdagi manzara go‘zalligi bilan kishini o‘ziga rom etadi. Ammo geologlar vulqon otilishini oldindan aytishi, haydovchilar marshrutni qanchalik sinchkovlik bilan rejalashtirishiga qaramay, vulqondan otilib chiqadigan suyuq chog‘ bosishi xavfi hamisha mavjud.

    Chennay — Rameshvaram, Hindiston

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Hindlar uchun muqaddas hisoblangan Rameshvaram orolidagi bir qancha ibodatxonalar nafaqat mahalliy dindorlarni, balki arxitekturani shaydosi bo‘lgan sayyohlarni ham o‘ziga maftun qiladi. Orolga borishning eng oson va arzon varianti poyezddan foydalanish ekaniga qaramay, aksariyat holda odamlar undan ranglari oqargan, qo‘rquv aks etgan yuz ifodasi bilan tushib keladi. Yo‘lning bir qismini Hind okeani ustidan o‘tgan va 1910-yillarda qurib bitirilgan Pamban ko‘prigi tashkil qiladi. Bor-yo‘g‘i 2 kilometrligi arzimasdek tuyilishi mumkin, lekin gap boshqa yoqda. Poyezd ko‘prikka yetib kelganda juda ham sekin — soatiga 20 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bunda yo‘l xuddi oxiri yo‘qdek, uzoq tuyiladi. Okeandagi suv tinch bo‘lsa odamlar unchalik xavotirga tushmasligi mumkin, lekin havo o‘zgarib, to‘lqinlar poyezd oynalariga kelib urilsa, yo‘lovchilar qo‘rquv bilan manzilga yetib oladi.

    Jorjtaundagi halqa yo‘li, AQSh

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Kolorado shtatidagi qoyali tog‘larda joylashgan temiryo‘ldan qachonlardir konchilar kumush konlariga yetib borish uchun foydalangan. Konlar bundan bir necha o‘n yil avval yopilganiga qaramay, temiryo‘l bugungi kunda sayyohlar uchun ko‘ngil ochadigan joylardan biriga aylangan. Ammo poyezdning “Iblis darvozasi” — qulab tushish xavfi yuqori bo‘lgan, baland qoziqoyoqlarga o‘rnatilgan ko‘prik bo‘ylab harakatlanishini ko‘ngilxushlikka tenglashtirib bo‘lmaydi.

    Kaayman temiryo‘l ko‘prigi, JAR

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Bu JARda qurilgan ilk qayrilma ko‘prik hisoblanadi. 36 metr balandlikda joylashgan ko‘prik Kaayman daryosini kesib o‘tadi. Suv toshgan vaqtida to‘lqin deyarli temiryo‘l balandligigacha yetib boradi. Ko‘prikning bunyod qilinganiga 100 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan va so‘nggi marta 2006-yilda kuchli bo‘rondan keyin ta’mirlangan. Aynan shu sabab ham to‘lqinlarining bu kabi harakatlanishidan kishi asosli xavotirga tushadi.

    “O‘lim yo‘li”, Tailand

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Yam-yashil o‘rmonlar orqali Tailand va Myanmani birlashtirib turadigan temiryo‘l — o‘lim yo‘li deb ataladi va bu bejizga emas. Ushbu yo‘l Ikkinchi jahon urushi vaqtida amerikalik va britaniyalik harbiy asirlar tomonidan qurilgan. Tinimsiz mehnat, kasallik va jarohatlar sabab yuzlab odamlar halok bo‘lgan. Bu yo‘lning qurilishi, unda ishtirok etganlarning boshdan kechirganlari haqida tushunchaga ega bo‘lishni istaganlarga 1957-yilda suratga olingan “Kvay daryosidagi ko‘prik” nomli filmni tomosha qilish tavsiya qilinadi.

    Salta — Antofagasta, Argentina va Chili

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Lotin Amerikasining ikki mamlakatini birlashtirib turadigan marshrut tog‘lar orasidan o‘tgan bo‘lib, uni qurish uchun deyarli 30 yil vaqt ketgan. Poyezd ko‘prik ustida harakatlanganda kishi go‘zal manzaradan bahra olish, bulutlar orasida suzib yurgandek hisni tuyish bilan birga, balandlikdan qo‘rqishi mumkin. Argentinadan Chiliga samolyotda bir necha soatda yetib borish imkoni borligiga qaramay, sayyohlarning aksariyati poyezddan foydalanishni afzal biladi.

    Chikubang ko‘prigi, Indoneziya

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Mamlakatdagi eng uzun hisoblangan mazkur ko‘prik Jakartani Bandung shahri bilan bog‘lab turadi. 11 ta po‘lat tayanch asosida qurilgan ko‘prikning balandligi 80 metrni tashkil qiladi. Vodiydagi kuchli shamoldan biroz chayqalishi mumkinligi, uning mashhurligi va yo‘lovchilarning soniga ta’sir qilmaydi.

    “Iblis burni”, Ekvador

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Ushbu temiryo‘lni bunyod qilish uchun 4000 ishchi kerak bo‘lgan, ularning deyarli yarmi qurilish davomida hayotdan ko‘z yumgan. “Iblis burni”da harakatlangan poyezddagi yo‘lovchilar tog‘larning bir qismi yoki tosh o‘pirilishi mumkinligi sabab manzilga yetguncha yuragini hovuchlab o‘tiradi.

    Oq dovon va Yukon marshruti, Alyaska, AQSh

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Mazkur temiryo‘l Alyaskadagi oltin qazib oluvchi va konchilar tomonidan qurilgan. Baland tog‘ va yam-yashil o‘rmonlarni kesib o‘tadigan yo‘l hali-hamon sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.

    Pilatus, Shveysariya

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Dunyodagi eng o‘ziga xos temiryo‘llardan biri hisoblangan Pilatus 1889-yilda foydalanishga topshirilgan. 1-2 vagondan iborat poyezd taxminan yarim soatda yo‘lovchilarni tog‘ etagidan eng yuqori cho‘qqigacha olib chiqadi va bu masofa 2100 metrni tashkil qiladi. Odamlar o‘zini “amerikancha tepalik” attraksionidagidek his qilishi uchun vagondagi o‘rindiqlar xuddi teatrdagi singari turli balandlikka joylashtirilgan.

    Kuranda-Stsenik, Avstraliya

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    “Barron darasi” milliy bog‘i, zich o‘rmon va sharsharalar orasidan o‘tadigan marshrut dunyodagi eng xavfli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

    Linton va Linmut Kliff, Buyuk Britaniya

    Foto: Travel Ask

    Foto: Travel Ask

    Eniga haddan tashqari tor bo‘lgan mazkur yo‘l temiryo‘ldan ham ko‘ra ko‘proq ko‘ngilochar bog‘lardagi attraksionni esga soladi. XX asrda atigi 3 yil davomida qurib bitirilgan yo‘l Linton va Linmut shaharlarini bog‘lab turadi. Unda har biri 40 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan ikkita funikulyor harakatlanadi. Poyezd juda ham sekin yurishiga qaramay, nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar ham undan foydalanishni yaxshi ko‘radi.

    Mavzuga doir: 

    • Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto)
    • Foto: Xitoydagi illyuziyalarga boy oxiri yo‘q kitob do‘koni
    • Hashamat va qulaylikda mashhur Versal saroyini ham ortda qoldiradigan Bavariya qiroli qasri (foto)
    • Foto: Fors ko‘rfazining marvaridi — Dubayga sayohat

    19.07.2021, 21:55   Izoh (0)   45114
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyaning alohida dunyo ekanini isbotlovchi suratlar

    07.07.2021, 10:59

    Istanbul romantikasi: turk qahvasi, gilam bozori, chag‘alaylar bo‘lgan shaharning eng yaxshi joylari (foto)

    03.07.2021, 18:53

    Dunyodagi eng dahshatli 10 ko‘prik (foto va video)

    02.07.2021, 14:44

    Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto)

    01.07.2021, 13:45

    Foto: Xitoydagi illyuziyalarga boy oxiri yo‘q kitob do‘koni

    29.06.2021, 15:41

    Tabiatning mo‘jizaga boy ekanini isbotlaydigan hodisalar (foto)

    27.06.2021, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.