Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar hokimligi Jahongir Ortiqxo‘jayevning koronavirusga qarshi vaksina olish jarayoni aks etgan videoyozuv yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan munozaralar bo‘yicha izoh berdi. 17-iyul kuni e’lon qilingan videoda poytaxt hokimi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanayotgani ko‘rsatilgan edi.

Kadr: Videodan skrinshotlar

Kadr: Videodan skrinshotlar

Hokimlik matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hokimning aslida boshqa vaksina bilan emlangan bo‘lishi yoki umuman vaksina olmagan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar asossiz. Kadrlarda shprits o‘zgarib qolganiga quyidagicha izoh berildi:

“Shprits ignasi ingichka bo‘lgani sabab, uni flakon qopqog‘iga tiqib, vaksinani shpritsga tortish vaqtida ba’zan uchi qayrilib qolishi mumkin. Qayrilib qolgan igna uchi emlanuvchining tanasiga kirish vaqtida noqulaylik tug‘diradi. Shunday bo‘lmasligi uchun birinchi ishlatilgan igna olib tashlanib, boshqasiga almashtiriladi”, – deyiladi hokimlik izohida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda