15-iyul kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Tokio—2020 Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga oz qoldi. 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan musobaqalar tomoshabinlarsiz o‘tishi belgilandi. Bundan tashqari 12-iyuldan 22-avgustgacha Tokioda karantin cheklovlari kuchaytirildi.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida 8 ta hujjat imzolandi. Suratda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murotjon Azimov pokistonlik hamkasbi bilan shartnoma hujjatini almashmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kuchli va uzoq davom etgan yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar Germaniyaning g‘arbiy qismini qamrab oldi. Tabiiy ofatdan Reynland-Pfalziya va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlari eng ko‘p zarar ko‘rdi. Mahalliy hokimiyat favqulodda holat e’lon qildi. Kamida 19 kishi toshqin qurboniga aylandi.

Foto: Getty Images

Xitoyning Siapu okrugi sohilidagi an’anaviy to‘rlarni tekshirayotgan baliqchi. Dunyodagi baliq ishlab chiqarishning qariyb uchdan bir qismi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Foto: Legion Media

O‘zaro hujjat alishayotgan Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon. Ikki mamlakat o‘rtasida ja’mi 8 ta hujjat imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jazirama kunda favvora yaqinida turgan ruminiyalik ayol. Poytaxt Buxarestda havo harorati 33 darajadan oshdi.

Foto: “TASS”

Germaniyaning bir qancha hududlarida sel kelishi kuzatildi. Oqibatda bir qancha uy va avtomobil yo‘llari katta talafot ko‘rdi.

Foto: EPA

Toshkentda 15-iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi. Xavfsizlik choralari sifatida erta tongdan xalqaro konferensiya o‘tkaziladigan hudud vertolyot orqali nazorat qilinmoqda.

Foto: “Daryo” / Sherzod Aripov

Los-Anjelesda xonanda Britni Spirsni qo‘llab-quvvatlagan muxlislar mitingi sud binosi oldida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Bangkokdagi Benjasiri bog‘ida o‘t o‘chiruvchilar pitonni qo‘lga oldi.

Foto: AP Photo

Xitoyning Jetszyan provinsiyasidagi g‘orda sayyohlar salqin suvdan bahramand bo‘lmoqda.

Foto: Getty Images

Oregon shtatida (AQSh) o‘rmon yong‘inlari 600 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni qamrab oldi.

Foto: Getty Images

AQSh havo kuchlari vertolyoti Buxarest markaziga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Qo‘nish sababi noma’lum.

Foto: Getty Images

Britaniyadagi Harrogeyt shahrida har yili o‘tkaziladigan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi — Buyuk Yorkshir shousi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatga kelgan Pokiston bosh vaziri Imron Xonni Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimiga kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Isroilda COVID-19 bilan kasallanish kunlik darajasi oshgani sababli yopiq joylarda majburiy ravishda niqob kiyish qayta joriy etildi.

Foto: EPA

So‘nggi kunlarda yuz bergan kuchli toshqinlar tufayli Germaniya va Belgiyada 48 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Vengriyadagi Salgotarjan shahri ustidagi yashin.

Foto: EPA

Jazirama va qurg‘oqchilik sababli Kaliforniyadagi suv sathi keskin tushib ketgan Hensli ko‘li yaqinida turgan qayiq.

Foto: Reuters

Fransiyaning Nitssa shahrida 2016-yil iyul oyida yuk mashinasini portlatish oqibatida halok bo‘lgan 86 kishining har biri uchun bittadan chiroq yoqildi. Hukumat ushbu voqeani terror deb baholangan.

Foto: AFP

Aktrisa Sheron Staun Kann kinofestivali doirasida “Mening xotinim qissasi” premyerasida ishtirok etish uchun kelmoqda.

Foto: Getty Images

15-iyulga o‘tar kechasi Parijda Bastiliya kuni sharafiga an’anaviy ravishda bayramona salyut otildi.

Foto: Getty Images