Apelsin universal to‘lov tizimi umumiy pul mablag‘ining 0,35 va hatto 0,25 foizini kartadan kartaga o‘tkazish singari ajoyib aksiyadan foydalanish imkoniyatini taklif qiladi. Shuningdek, bu hali hammasi emas! Ilovaning ajoyib sovg‘alarga boy yutuqli o‘yinida ham ishtirok eting!
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kundalik hayotimiz davomida deyarli har kuni mahsulot yoki xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish, oilaviy yoki do‘stlarimiz bilan moliyaviy imtiyozlarni birga baham ko‘rish singari ishlarni amalga oshiramiz. Ammo pul o‘tkazish xizmatlari uchun qancha pul behuda sarf qilinishi yoki oyiga bunday mayda-chuyda narsalar to‘planishi mumkinligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Pul mablag‘i o‘tkazmasi uchun foizlar pastligi sababli Apelsin ilovasidan foydalanish juda manfaatli bo‘lganligini inobatga olgan holda, iyul oyining oxiriga qadar yanada foydaliroq aksiyadan foydalanishni taklif etamiz. Bunda kartalar orasidagi o‘tkazmalar uchun foizlar miqdori eng ko‘pi bilan 0,35 foizni ko‘rsatadi. Pul mablag‘i “Kapitalbank” kartasiga o‘tkazilgan holatda esa foizlar atigi 0,25 foizni tashkil qiladi.
Keling, oddiy hisob-kitoblarni amalga oshiraylik. Masalan, tasavvur qiling, mayda xarajatlar uchun turmush o‘rtog‘ingizga 3 million so‘m o‘tkazdingiz. Bunday holatda siz pul o‘tkazma summasidan tashqari, 10 500 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ni sarflaysiz, xolos. Agar katta miqdordagi mablag‘lar bo‘lsa, pulni tejash miqdori yanada yuqoriroq bo‘ladi. Oxir oqibat, boshqa to‘lov ilovalari bilan solishtirganda Apelsin ilovasi yordamida o‘rtacha tejash 65—75 foizni tashkil etadi.
Apelsin ilovasi har qanday xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyatidan tashqari, faqat yuridik shaxslarning shartnoma to‘lovlarini o‘tkazish singari qulayligi bilan ham juda mashhurdir. Pul mablag‘ini istalgan bank kartasidan past foizda o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, Apelsin ilovasi Ucell, Uzmobile va Mobiuz abonentlariga ham yoqimli sovg‘alar, bonuslarni taqdim etadi. Ilovada birinchi marotaba ro‘yxatdan o‘tgan yangi foydalanuvchilar uchun internet to‘plam shaklidagi yoqimli Welcome bonusi mavjud. Doimiy mijozlarga telefon balansini to‘ldirgani uchun maxsus “apelsin” bonuslari taqdim etiladi. Ularni avvaliga to‘plab, keyin uyali aloqa operatoringizning internet to‘plamlariga almashtirish mumkin.
Yana bir ajoyib yangilik — Apelsin ilovasidan ajoyib yutuqli o‘yin sovg‘alari. O‘nta Apple iPhone 12, 10 ta televizor, 20 ta Powerbank, 20 ta simsiz mini garnituralar, 20 ta Mi Band 6 bilaguzuk — ushbu sovg‘alarning barchasi 19-iyul kuni o‘z egalariga topshiriladi. Yutuqli o‘yin ishtirokchilariga aylanish uchun siz Humo yoki Uzcard kartalariga 10 ming so‘m miqdorida pul o‘tkazmasini amalga oshirishingiz kifoya.
Aksiya 8-avgustga qadar davom etadi. Aksiya bo‘yicha batafsil malumotni havola orqali olishingiz mumkin.
Apelsin ilovasini yuklab oling va uning keng imkoniyatlarini puxta o‘rganing, sovg‘alar hamda bonuslardan unumli foydalaning!
Ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Sayt: apelsin.uz
Facebook: facebook.com/apelsin.digital
Instagram: instagram.com/apelsin.uz
Telegram: t.me/apelsin
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)