• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘zbek Maradonasi”dan haqiqiy vatanparvargacha: O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorlari haqida

    O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini (ham) uyda tomosha qilishi aniq bo‘lganiga ham tez orada bir oy to‘ladi. O‘shanda milliy terma jamoa Saudiya Arabistoniga sharmandali hisobda yengilgandi. Negadir mag‘lubiyat, aniqrog‘i, termaning (yana) JChga chiqolmagani shu safar ko‘pchilik qatori meni ham unchalik katta qayg‘uga qo‘ymadi. Go‘yo hammasi shunday bo‘lishi kerakdek... Bundan oldingi yillarda yakun shunday bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘ngil qurg‘ur so‘nggi pallagacha nimadandir umid qilishdan to‘xtamasdi. Bu safar esa hammasi boshqacha bo‘ldi, hatto o‘sha oqshomda tanishlarim orasida Saudiyaga muxlislik qilganlar ham topildi. Menimcha, muammomiz ham aslida shunda bo‘lsa kerak. Hay, mayli, hali eskirib ulgurmagan yaralarni yangilashdan va ularga tuz sepishdan ma’ni yo‘q. O‘sha mashhur filmda aytilganidek, buyog‘iga endi faqat “ishlash kerak, ishlash kerak”.

    Men ko‘proq milliy jamoaning ko‘p yillik fidoyi sardori Odil Ahmedov o‘zi munosib bo‘lmagan tarzda jamoadan ketganiga achinyapman. U bunday (xuddi bir ayb ish qilib qo‘ygan bola kabi boshi egik holda) ketishga loyiq emasdi. Inkor etib bo‘lmas bir jihat bor, so‘nggi 10 yillikda terma jamoaning o‘yini aynan Odilga bog‘liq edi, u ham maydonda, ham uning tashqarisida haqiqiy sardor edi. Odil ketdi, xo‘sh endi sardor kim bo‘ladi? Sardorlik bog‘ichining kimga topshirilishi ham xuddi termaga qaysi murabbiy kelishi kabi noma’lum. Ammo Ahmedovdan oldin qaysi futbolchilar sardorlik “yuk”ini ko‘tarib yurganini yodga olish ortiqcha mahorat talab etmaydi. Shunday ekan, O‘zbekiston terma jamoasining barcha davrlardagi taniqli sardorlari haqida fikr yuritishning ayni vaqti.

    Kollaj: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Kollaj: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Mirjalol Qosimov

    “O‘zbek Maradonasi” deb nom berilgan Mirjalol Qosimov faoliyatini 2006-yilda yakunlagan bo‘lsa-da, futbol muxlislari hamon uning maydondagi betakror harakatlarini qo‘msashini ta’kidlab keladi. Buni tushunish mumkin, boisi o‘tgan vaqt davomida mamlakatda bir o‘zi o‘yin taqdirini hal qila oladigan va jamoadoshlarini o‘z orqasidan yetaklaydigan o‘yinchilar yetishib chiqqani yo‘q deb aytish noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Qosimov davrida standart vaziyatlar terma jamoaning eng katta ustun tomoni edi. Qosimov ularni shu qadar aniqlik va nafislik bilan amalga oshirar ediki, hatto darvozabonlar ham uning zarbalariga shunchaki mahliyo bo‘lib qolardi. Shuningdek, u maydon markazidan turib, butun bir o‘yinni nazorat qilib turardi. Uning zargarona uzatmalaridan so‘ng gol urishdan ko‘ra gol ura olmaslik qiyinroq edi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Qosimov butsalarini mixga ilgach, murabbiylik faoliyatini boshladi. U qisqa vaqt mobaynida “Bunyodkor” va terma jamoani boshqarib, qoniqarli natijalarga erishdi deb aytish mumkin. Mirjalol Qosimov hozirda Olmaliqning “OKMK” jamoasiga ustozlik qilmoqda. Uning terma jamoadagi statistikasi quyidagicha bo‘lgan: 67 o‘yin, 31 gol.

    Maksim Shatskix

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Faoliyatining deyarli butun qismini Rossiya va Ukrainada o‘tkazgan Shatskix O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Maksim terma jamoada 20 yoshida debyut qilib, 60 o‘yinda 34 ta gol urgan. Uning maydondagi ustun tomonlari sifatida gol sezish qobiliyati va ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynay olishini ko‘rsatish mumkin edi. Shatskix garchi terma jamoaga uzoq vaqt davomida sardorlik qilmagan bo‘lsa-da, har doim o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan. Uning hamon to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgani ham bunga isbot bo‘la oladi.

    Server Jeparov

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Server Jeparov ham uzoq yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sardorlik qilgan va jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lgan. Ikki bor Osiyoning eng yaxshi futbolchisi (2008 va 2011-yillarda) deb topilgan Jeparov maydon markazida o‘yinning borishini nazorat qilardi va aqlli paslari bilan hujumchilarni qulay vaziyatlarga olib chiqardi. Bugungi kunda O‘zbekiston U-14 terma jamoasiga murabbiylik qilayotgan Jeparov 127 ta bahsda maydonga tushib, 27 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Qayd etish joiz, Jeparov 127 ta o‘yini bilan terma jamoa rekordchisi hisoblanadi. Terma jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha uning eng yaqin ta’qibchisi Timur Kapadzening (faoliyatini yakunlagan) ko‘rsatkichi esa 119 taga teng. Aytarlik hech qanday (katta) natijaga erishmagan bo‘lsa-da, Jeparovning ham termadagi faoliyatini qoniqarli baholash mumkin. Bunday deyishga birgina sabab qilib, hozirgi tarkibda u kabi kreativ futbolchining yo‘qligini ko‘rsatish kifoya qiladi.

    Odil Ahmedov

    Va nihoyat terma jamoaning so‘nggi sardori Odil Ahmedov haqida. Ahmedov har doim maydonda fidoyiligi va o‘zini ayamasligi bilan ajralib turgan. U o‘zi maydonga tushgan o‘yinlarning hech birida shunchaki harakat qilmagan, balki haqiqiy jangchi sifatida maydonning har bir qarich yeri uchun kurashgan. Va aynan shuning uchun uni barcha muxlislar birdek qadrlagan. So‘nggi yillar davomida terma jamoani shunchaki Odil Ahmedovsiz tasavvur qilish imkonsiz bo‘lganini hech kim inkor qila olmaydi. Afsuski, u o‘zi munosib bo‘lgan holatda ketmadi, u bundan ko‘prog‘iga loyiq edi...

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Terma jamoaning sobiq futbolchisi va hozirda “Qo‘qon-1912” jamoasini boshqarayotgan Baxtiyor Ashurmatov Ahmedovga shunday bir ta’rif berdiki, yana nimadir qo‘shimcha qilishga hojat qolmadi.

    “Odil Ahmedovning vatanparvarligiga qoyil qolish kerak. U Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin zaxirada o‘tirishga tayyorligini ham aytgan. Ammo murabbiylar uni bir necha oylardan beri o‘ynamagan pozitsiyasiga tushirdi. Muxlislar undan norozi bo‘lmasliklarini so‘rardim. Chunki Odil bu vaziyatda aybsiz aybdor bo‘lib qoldi”.

    2007-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyutini o‘tkazgan Odil shu vaqtga qadar 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

    Bilol Erkin tayyorladi

    13.07.2021, 15:02   Izoh (0)   32218
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Navbahor” ko‘rigidan o‘tayotgan braziliyalik futbolchilar, jarrohlik stoliga yotgan Konor Makgregor va g‘alabasini Maradonaga bag‘ishlagan Messi. Eng so‘nggi spor...

    12.07.2021, 22:01

    O‘z ismini yoqtirmaydigan Xames Rodriges haqida siz bilmagan 8 fakt

    12.07.2021, 20:19

    Eldor Shomurodov yuk tashuvchi motorollerda rossiyalik bloger bilan poyga o‘ynadi (video)

    12.07.2021, 17:59

    Eldor Shomurodov A Seriyadagi eng yaxshi 3 hujumchi nomini aytdi

    12.07.2021, 16:00

    Messining Argentina safidagi ilk sovrini, Angliyani Londonga “ko‘mgan” Italiya va oyog‘i singan Konor. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    12.07.2021, 10:28

    Yevro—2020. Italiya penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etib, Yevropa chempioniga aylandi

    12.07.2021, 03:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada ISHID rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 19:52

    Avstraliyalik 38 yoshli ayol “hayotidagi eng yaxshi qaror”ni qabul qilib, qariyalar uyiga ko‘chib o‘tdi

    Qo‘ziqorin | 26 iyul, 19:29

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.