Yevro—2020 musobaqasining final uchrashuvi 11-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Italiya va Angliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Angliyaning tezkor hujumini Lyuk Shou muvaffaqiyatli yakunladi. Birinchi bo‘limda inglizlar sezilarli ustunlikka ega bo‘ldi. Italiya bo‘limning ikkinchi yarmida faollikni oshirdi. Ikkinchi bo‘lim esa to‘liq italyanlarning ustunligida o‘tdi. Ketma-ket hujumlar 67-daqiqada o‘z samarasini berdi: Leonardo Bonuchchi standartdan keyin yuzaga kelgan vaziyatni gol bilan tugatdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Unda ham hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Penaltilar seriyasida omad italiyaliklarga kulib boqdi. Shu tariqa Italiya o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropa chempioniga aylandi.

Yevro—2020

Final

11-iyul, yakshanba

Italiya — Angliya 1:1

Gollar: 0:1 – 2 Shou, 1:1 – 67 Bonuchchi.

Penaltilar seriyasi — 3:2

Italiya: Donnarumma, Bonuchchi, Emerson (Florensi, 118), Di Lorenso, Kellini, Verratti (Lokatelli, 96), Jorjinyo, Insinye (Belotti, 90), Barella (Kristante, 54), Kyeza (Bernardeski, 86), Immobile (Berardi, 55).

Angliya: Pikford, Trippyer (Saka, 71), Maguayr, Stounz, Uoker (Sancho, 120), Shou, Maunt (Grilish, 99), Rays (Henderson, 74 | Reshford, 120), Sterling, Fillips, Keyn.

Ogohlantirishlar: Barella (47), Bonuchchi (55), Insinye (84), Kyellini (90), Maguayr (106), Jorjinyo (113).

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov