O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Eng)English
Til
O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Eng)English
logo
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Kolumnistlar
  • Multimedia
Menyu
Til
O'zb
(O'zb)O'zbekcha
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan Multimedia Kolumnistlar
  • Mahalliy
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
DARYO
REKLAMA
IJTIMOIY TARMOQLAR
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
TELEGRAM-KANALLAR
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
  • Toshkentda
    +10°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
Bugun,

  • Toshkentda
    +10°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
So‘nggi yangiliklarga o‘tish
  • Bugun, 21:15
    104
    Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilgan yig‘ma uylardan birini kirib ko‘rdi (video)
  • Bugun, 21:06
    318
    Qozog‘iston nashri Ukrainadagi urushga oid materiallar yuzasidan Rossiya sudiga chaqirildi
  • Bugun, 20:59
    124
    Luka Modrich Saudiya Arabistoni va MLSdan kelgan takliflarni rad etdi
  • Bugun, 20:53
    240
    O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi tasdiqlandi
  • Bugun, 20:41
    371
    Hayot sinovlari oldida taslim boʻlmaslikka undaydigan eng yaxshi filmlar
  • Bugun, 20:28
    364
    Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
  • Bugun, 20:17
    2105
    AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
  • Bugun, 20:04
    717
    Cobalt 2022-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi
  • Bugun, 19:46
    1583
    “O‘zbekistonda TikTok yomon narsalarni ko‘rsatmaydi”. Qirg‘izistonda deputatlar ijtimoiy tarmoqni nazorat qilishga chaqirdi
  • Bugun, 19:23
    329
    Pixar “Uchar uy” multfilmidagi qariya haqida qisqa metrajli multfilm chiqaradi
Salomatlik
11.07.2021, 12:58
18052

Ko‘zlarning tez charchashiga olib keladigan zararli odatlar

Ko‘rish a’zolari organizmning istalgan qismi singari charchashi mumkin. Buning bir necha sabablari bo‘lishi va turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Foto: Freepik

Ko‘rishlarning zo‘riqishi bir qancha omillarga bog‘liq va ko‘rish bilan bog‘liq charchoqning paydo bo‘lishi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.

  • diskomfort va ko‘zlarning qurishi;
  • qichishish, sanchiq va achishish;
  • yorqin yorug‘likka yuqori sezuvchanlik va ko‘zlarning yoshlanishi;
  • ko‘z qizarishi;
  • ko‘z oldida parda yoki tuman borligi;
  • obyektlarni aniq ko‘rishda qiyinchilik paydo bo‘lishi.
Kun davomida yo‘l qo‘yiladigan qanday xatolar ko‘zlar toliqishiga olib kelishi mumkin:

Kompyuter va planshetdan dam olmasdan foydalanish

Bugungi kunga kelib ko‘pchilikning ishini kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmasligi hech kimga sir emas. Ishlab chiqaruvchilar ekrandagi yorug‘lik tabiiy bo‘lishiga harakat qilishi va boshqa qulayliklar yaratishiga qaramay, ekran qarshisida uzoq o‘tirish ko‘zlarga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi. Zo‘riqishni kamaytirish uchun ekrandan nigohlarni olib boshqa uzoq va yaqindagi predmetlar, iloji bo‘lsa yashil daraxt hamda o‘simliklarga bir muddat qarash kerak. Mazkur mashq ko‘z mushaklarini mustahkamlab, dam olish imkonini beradi.

Ekran qarshisida tikilib turganda kishi odatdagidan 4 karra kamroq ko‘zlarini ochib yumadi (bu reflektor jarayon esa ko‘zlarning namlanishi uchun muhim sanaladi). Quruqlikning his qilinishi diskomfortga olib keladi, ko‘zlar tez charchaydi. Kompyuterdan uzoq vaqt davomida foydalanish oqibatida kelib chiqadigan barcha muammolar majmuasi “kompyuter ko‘rish sindromi” deb ataladi. Ko‘rishdan tashqari, bo‘yin bilan bog‘liq muammolar, noqulay o‘tirish va vaziyat sabab qaddi-qomatning o‘zgarishi ham ekran qarshisida uzoq o‘tirishning salbiy oqibatlaridan sanaladi.

Nigohni doimiy ravishda ekran va klaviaturalarga qaratish akkomodativ astenopiya — mayda buyumlarni ilg‘ash qiyinchilik tug‘diradigan, fokusdagi qiyinchiliklar sabab o‘qishning imkonsiz bo‘lishi va nafaqat ko‘z, balki peshona hamda chakka sohalarida og‘riq bilan kechadigan ko‘zning patologik toliqishiga olib keladi. Bu esa miopiya (ko‘rish nuqsoni; bunda yaqindagi narsalar yaxshi, uzoqdagilar esa xira ko‘rinadi) va ko‘zlarning qurish sindromiga olib keladi.

Yorug‘likning yetarlicha bo‘lmasligi

Ish joyining yetarlicha yorug‘ bo‘lishi juda ham muhim sanaladi, ko‘zlarning zo‘riqishini kamaytiradi. Yorug‘likda qorachiqlar kengaygani, qorong‘ida esa kichraygani sabab qorong‘i xonada kompyuter ekranining yorqinligi ko‘zlarni charchatib qo‘yadi. Gap shundaki, qorachiq kengayishi uchun 5 soniya, qorong‘iga ko‘nikishi uchun esa 5 daqiqa kerak bo‘ladi. Bir qorong‘ilikka bir yorug‘likka qaragan ko‘zlar toliqadi va boshda og‘riq paydo bo‘ladi.

Yo‘l-yo‘lakay, metro va avtobusda kitob o‘qish

Qo‘lning sezilmaydigan darajada titrab harakatlanishi bilan kelib chiqadigan fokusning doimiy ravishda o‘zgarishi ko‘zlarning doimiy zo‘riqishiga olib keladi. Transport vositasi harakatlanganda tananing qimirlashi va silkinish qo‘llarning sezilmas darajada harakatlanishiga sabab bo‘ladi.

Optikaga bormasdan tayyor ko‘zoynak xarid qilish

Hatto qanday linza sizga tushishini 100 foiz bilgan taqdiringizda ham tayyor xarid qilingan ko‘zoynak sizga 100 foiz to‘g‘ri kelishiga kafolat yo‘q. Tayyor ko‘zoynaklar uchun odatda bir xil optik kuchga ega linzalardan foydalaniladi, odamlarning ko‘rishi esa bir-biridan farq qiladi. Aynan shu sabab ham mutaxassis tavsiyasisiz xarid qilgan ko‘zoynaklar taqib kitob o‘qilganda, ko‘zlar tez toliqadi. Uzoq vaqt davomida bunday sifatsiz ko‘zoynakdan foydalanish esa vaziyatni qiyinlashtirib, ko‘rish qobiliyatini yanada yomonlashishiga hissa qo‘shadi.

Shamollatilmagan xona va quruq xona

Qanchalik g‘alati tuyilmasin, havoning sifati ko‘zlarga ta’sir qilmay qolmaydi. Quruq havo, kuchli shamol va konditsionerli xonada ko‘zlar tez quriydi. Tabiiyki, bir muddatdan keyin diskomfort, quruqlik seziladi va mayda yozuv va buyumlarga fokus qilish qiyinlashadi. Simptomlarni kamaytirish uchun oftalmolog shifokorlar maxsus ko‘z tomchilaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

Mavzuga doir:

  • Dorilar o‘rniga: Oddiy choy yordam bera oladigan 10 ta holat
  • Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato
  • Osilgan qovoqlarni operatsiyasiz qanday o‘z holiga keltirish mumkin?

Izoh(0) Biz Telegram’da
Ulashing:
  • Telegram
  • Facebook
  • Twitter
  • Odnoklassniki
Izoh
Kirish

Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Bugun, 20:17
2127
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Bugun, 20:28
369
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda? 
Bugun, 18:01
1525
  • Daryo

    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma'lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
  • REKLAMA

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
  • Telegram-kanallar

    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Nimani qidiramiz?
Izoh qoldirish uchun quyidagi veb-servislardan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim:
Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

×

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.