Daryo

Avstraliya o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi

O‘tgan 20 yil ichida Afg‘onistondagi harbiy kampaniyada 39 mingdan ortiq avstraliyalik harbiy xizmatchi qatnashgan, ularning 41 nafari halok bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish71 334 ko‘rishlar0 izoh0
Arxiv Foto: US Navy

Avstraliya qo‘shinlarining barchasi Afg‘oniston hududini tark etdi, deya xabar bermoqda “RBK” mamlakat mudofaa vaziri Piter Dattonga tayanib.

Arxiv Foto: US Navy

“Ayni paytda bu harbiy kampaniya o‘z yakuniga yetdi. Bu kuchlarni olib chiqish uchun ayni fursat keldi, ammo bu AQSh bilan kampaniyalarda ishtirok etmasligimizni bildirmaydi”, — dedi u.

Mudofaa vaziri qayd etishicha, o‘tgan 20 yil ichida Afg‘onistondagi harbiy kampaniyada 39 mingdan ortiq avstraliyalik harbiy xizmatchi qatnashgan, ularning 41 nafari halok bo‘lgan. So‘nggi yillarda kontingent 1,5 ming askar va ofitserlardan 80 kishigacha kamaygan.

Dattonning ta’kidlashicha, Avstraliya mamlakatdan qo‘shinlarini olib ketganidan keyin ham terrorizmga qarshi kurashda Afg‘onistonning ittifoqdoshi bo‘lib qoladi.

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini olib chiqish 29-aprelda boshlangan, AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan jarayon kuzda yakunlanishi kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentining 90 foizdan ko‘prog‘ini olib chiqib ketdi.

Avvalroq “Tolibon” barcha chet el qo‘shinlari Afg‘onistonni o‘z muddatida tark etishini talab qilgani haqida xabar berilgandi. AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish amaliyoti avgust oxiriga qadar tugashini ma’lum qildi.

Associated Press xabariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqqanidan keyin Afg‘onistonda 650 ga yaqin amerikalik harbiyni qoldirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

Bugunga qadar Germaniya va Italiya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar