• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” barcha chet el qo‘shinlari Afg‘onistonni o‘z muddatida tark etishini talab qildi

    Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati vakili Suxail Shahin BBC News’ga bergan intervyusida chet el qo‘shinlarining barchasi Afg‘onistonni belgilangan muddatgacha tark etishi shartligini aytib o‘tdi. Boshqa mamlakatlarning Afg‘onistonda qolgan kontingentlariga istilochi sifatida qaraladi, deya qo‘shib qo‘ydi Shahin. Uning bayonoti Afg‘onistonda mingga yaqin harbiy qolishi mumkinligi, ularning katta qismini amerikaliklar tashkil etishi haqidagi axborot fonida yangradi.

    Foto: “Ruherald.com”

    Foto: “Ruherald.com”

    Shahinning ta’kidlashicha, diplomatlar, nohukumat tashkilotlar va boshqa davlat fuqarolari “Tolibon” uchun nishon bo‘lmaydi, ular uchun hech qanday himoyaga ehtiyoj yo‘q.

    “Biz ular uchun hech qanaqa xavf tug‘dirmaymiz”, — dedi u va Afg‘oniston uchun ularning faoliyati zarurligini qo‘shib qo‘ydi.

    4-iyul kuni kechqurun “Tolibon” jangarilarining siquvi ostida yana 94 nafar afg‘on harbiysi Tojikiston hududiga chekindi, jangarilar Badaxshon viloyatining Xoxon uyezdini hech qanday jangsiz qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

    Avvalroq “Tolibon” harakati jangarilari so‘nggi 24 soat ichida Afg‘onistonning 13 ta tumanini o‘z nazorati ostiga olgani, shuningdek, jangarilar bilan to‘qnashuvdan keyin chekingan 300 dan ortiq Afg‘oniston harbiylarini Tojikiston chegarachilari o‘z mamlakati hududiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, Amerika va NATO mamlakatlari qo‘shinlari 29-apreldan Afg‘onistondan chiqib ketishni boshladi. Iyun oyi boshida AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining uchdan bir qismini olib chiqib ketgani xabar berilgandi. Shuningdek, Afg‘onistondagi NATO missiyasi tugagandan so‘ng Turkiya harbiy kuchlari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rolni egallashi haqida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kelishib olgan edi.

    Associated Press xabariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqqanidan keyin Afg‘onistonda 650 ga yaqin amerikalik harbiyni qoldirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

    Bugunga qadar Germaniya va Italiya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Markaziy Osiyo davlatlaridan 9 mingga yaqin afg‘onistonlikni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg
    • AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish amaliyoti avgust oxiriga qadar tugashini ma’lum qildi

    05.07.2021, 17:43   Izoh (0)   36343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropada bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanish butunlay taqiqlandi

    05.07.2021, 16:56

    BAA COVID-19’ga qarshi emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

    05.07.2021, 14:14

    Rim papasi Fransisk jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirdi

    05.07.2021, 09:23

    Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi 7-iyul kuni qo‘yib yuboriladi

    05.07.2021, 09:08

    “Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida

    05.07.2021, 07:56

    Filippinda harbiy samolyot halokati qurbonlari soni 45 kishiga yetdi

    04.07.2021, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.