So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Germaniya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

    02.07.2021, 13:10 11590

    Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer mahalliy ARD telekanaliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi operatsiya yakunlari bo‘yicha o‘z xulosalari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Kommersant”.

    Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer

    Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer
    Foto: DW

    Bundesver (Germaniya Qurolli kuchlari) bo‘linmalari Afg‘onistonga 2001-yil dekabrida, AQShdagi 11-sentabr fojialaridan keyin ko‘p o‘tmay yuborilgan edi. 20 yillik operatsiyada 150 mingga yaqin germaniyalik harbiy xizmatchilar qatnashdi, ular, asosan, Hindikush hududiga joylashtirilgan edi. Harbiy missiya chog‘ida Germaniya armiyasining 59 nafar askari halok bo‘ldi.

    “Biz Afg‘onistondan tezlikda yevropacha namunadagi davlatni yarata olishimiz haqida yanglish tasavvur uyg‘otdik”, — dedi vazir.

    Harbiy kampaniya bo‘yicha xulosalarni keltirar ekan, Annegret Kram-Karrenbauer bo‘lg‘usi xalqaro operatsiyalarni o‘tkazish chog‘ida “realistik siyosiy maqsadlar” qo‘yish zarurligini ta’kidladi. “Bu Malida biz birinchi navbatda hisobga olishimiz kerak bo‘lgan saboqlardan biri”, — dedi u bundesverning G‘arbiy Afrikaga joylashtirilgan bo‘linmalariga ishora qilib.

    Vazir, shuningdek, Germaniya NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan birgalikda islom respublikasiga bundan keyin ham yordam ko‘rsatish usullarini qidirayotganini aytdi. “Bizning mamlakatdagi harbiy ishtirokimiz yakuniga yetganidan keyin ham biz Afg‘oniston tomonida qolishimiz kerak, — dedi u. — Masalan, biz oddiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin”.

    Annegret Kramp-Karrenbauer aytib berishicha, harbiy alyans ichkarisida hozir NATO qay yo‘l bilan Afg‘oniston armiyasini qo‘llab-quvvatlashi  haqidagi suhbatlar olib borilmoqda.

    Germaniyalik askarlarning so‘nggi guruhi Afg‘onistonni 30-iyun kuni tark etdi. Germaniya mudofaa vaziri qo‘shinlarning mintaqadan olib chiqib ketilishini “muhim tarixiy voqea” deb atadi.

    Eslatib o‘tamiz, Amerika va NATO mamlakatlari qo‘shinlari 29-apreldan Afg‘onistondan chiqib ketishni boshladi. Iyun oyi boshida AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining uchdan bir qismini olib chiqib ketgani xabar berilgandi. Shuningdek, Afg‘onistondagi NATO missiyasi tugagandan so‘ng Turkiya harbiy kuchlari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rolni egallashi haqida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kelishib olgan edi.

    Associated Press xabariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqqanidan keyin Afg‘onistonda 650 ga yaqin amerikalik harbiyni qoldirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

    Mavzuga doir:

    • Afg‘onistonda “Tolibon” Tojikiston bilan chegaradagi postni egallab oldi
    • AQSh Afg‘onistonda 650 ga yaqin harbiyni qoldirmoqchi — OAV
    • Italiya Afg‘onistondan o‘z harbiylarini to‘liq olib chiqdi
    • CNN: AQSh bir necha kun ichida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunlashi mumkin

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolaga tan jarohati yetkazildi (video)

    Bugun, 14:44

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    G‘azoda sulh buzilganidan keyin Isroil zarbalaridan yana o‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 14:37

    Fuqarolik jamiyati institutlarini urg‘ulagan Martin Chungong, natijalardan qoniqmayotgan Senat raisi, nanotexnologiyalarni taviya etgan Ram Aer — Parlamentlararo I...

    Bugun, 14:28

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida davlatga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Bugun, 12:37

    Zanjabil chindan ham foydalimi?

    Bugun, 12:30

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.