“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:56, 08.07.2021 31558

Tanib bo‘lmas darajada makiyaj qiladigan vizajist — Goar Avetisyanning ijod mahsulini o‘zida mujassam etgan suratlar

Vizajist sifatida nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur hisoblangan Goar Avetisyan 4-iyul kuni 28 yoshni qarshiladi. Britaniyaning DailyMail nashri tomonidan “Yilning eng yaxshi vizajisti” deb e’tirof etilgan Goarning seminar va mahorat darslarini dunyoning turli burchaklaridagi qiziquvchilar intiqib kutadi. Bir necha yil ichida byuti-imperiyaga asos solishga muvaffaq bo‘lgan Avetisyanning mijozlari orasida oddiy odamlar, qolaversa, yulduzlarni ham uchratish mumkin. Goar oddiy oilada dunyoga kelgan. Muvaffaqiyatga mustaqil ravishda erishgan vizajist bularning barini obunachilaridan berkitmaydi.

Foto: “Woman’s Day.ru”

“Hammasi bolaligimdan boshlangan. 12 yoshimdan boshlab har kuni bo‘yanganman va ota-onam buning uchun meni kaltaklagan. 15 yoshimda menga makiyaj uchun pul to‘lay boshlashgan. Qachonlardir meni dunyoda tanishadi degan niyat bilan xohlovchilarni kun davomida uzluksiz pardoz qilganman. To‘g‘risini aytganda, uyqusiz tunlar va kun davomida arzimas chaqa evaziga bularni bari bejiz emas deb, 10-15 soatlab makiyaj qilganimni eslasam yuragim siqiladi. Keyinroq meni butun Moskvada taniy boshlashdi — makiyaj va soch turmagi qildirish uchun yozilgan kelinlar bu kunni orziqib kuta boshladi. Ammo Instagram paydo bo‘lishi bilan dunyoning turli mamlakatlaridagi insonlar ham men haqimda bila boshladi. Mana 8 yildan buyon makiyajdan dars beraman (makiyaj texnikam bilan tanishish uchun har oy yerning turli burchaklaridan talabalar oldimga uchib keladi). Shu kungacha vizajist sifatida ishlayotgan bo‘lsam, menga muhtoj bo‘lgan ayollarni bepul bo‘yantiraman. Men qizlarni, ayniqsa, o‘ziga ishonmaydigan, o‘zining naqadar go‘zal va latofatli ekanini allaqachon unutgan qizlarni o‘zgartirishni yaxshi ko‘raman”, — deydi Goar.

Foto: “Woman’s Day.ru”

Uning ishlariga nazar tashlab, nima uchun aksariyat ayollar Goardek makiyaj qilishni istashini bilish mumkin.

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”

Foto: “Woman’s Day.ru”