Ayol va qizlarning xunugi bo‘lmaydi, shunchaki chiroyli va didli ko‘rinish uchun yuzni parvarishlash, makiyaj qilishda mavjud qoidalarga amal qilish kerak.

Jigarrang ko‘zlar

Foto: Harper’s Bazaar

Jigarrang ko‘z egalariga har qanday ten yarashadi, ammo stilistlar to‘q jigarrang va tillaranglardan foydalanishni maslahat beradi. Bu ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Kipriklarga urg‘u berishni ham unutmang, buning uchun tushdan foydalaning.

Kulrang ko‘zlar

Foto: Harper’s Bazaar

Kulrang ko‘zlar qovoqqa surtilgan ten rangini boshqacharoq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Klassik smoky uslubidagi makiyaj nigohlarni sovuq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Jigarrang va siyohrang ten esa aksincha. O‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish uchun esa ko‘zning ichki burchagiga haylayter surting.

Yashil ko‘zlar

Foto: Harper’s Bazaar

Yashil ko‘zlar jigarrang, siyohrang va olovrangdan smoky uslubida bo‘yalsa, juda ham yarashadi. Bir-biriga zid rangdagi yorqin bo‘yoqlar nigohlarni yanada teran ko‘rsatadi. Kundalik makiyaj uchun esa yaltiroq bo‘lmagan bo‘yoqlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi, kechki ziyofat va maxsus tadbirlarga yaltiraydigan tenlarni ishlatish maqsadga muvofiq.

Moviy ko‘z

Foto: Harper’s Bazaar

Kulrang ten ko‘zni yanada ko‘kroq, yorqin ranglar esa ochroq ko‘rsatadi. Ayniqsa, bronza va olovrang bo‘yoqlar juda ham yarashadi. Ko‘z qovog‘ining tashqi va ichki burchagiga esa haylayter surtishni unutmang.