Bizning Uylar Development kompaniyasi xonadonlar uchun kreditni 1 kun muddatda rasmiylashtirishi haqida ma’lumot berdi.
Kompaniyaning Manzara, Olmazor Business City va Yangi Choshtepa turar joy majmualaridan xonadonlarni imtiyozli shartlar bilan — 20 yil muddatga, kreditga sotib olish imkoniyati mavjud. Barcha hujjatlar topshirilib, dastlabki to‘lov qilinganda, kreditni rasmiylashtirish 24 soat ichida amalga oshiriladi. Jarayon har jihatdan qulay bo‘lib, xonadonni sotib olib, uni tez vaqt ichida rasmiylashtirish va yaqin orada yangi xonadonga ko‘chib o‘tishingizga imkon beradi. Hamma xonadonlar tayyor va sifatli ta’mirlanib sotuvga chiqariladi. Bu yangi uyga ko‘chib o‘tishga ketadigan vaqtni tejaydi.
Kompaniya bunyod etayotgan katta turar joy majmuasi — Olmazor Business City’ning navbatdagi bosqichini topshirishga tayyorlanmoqda. Ushbu majmua shahar va tabiatni o‘zaro uyg‘unlashtirgan. Majmua suv bo‘yida joylashgan, unda ko‘plab sun’iy suv havzalari, favvoralar va yashil maydonlar mavjud.
Yangi Choshtepa turar joy majmuasi esa poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan. Majmuada aholi uchun yopiq hovlilar, bolalar va sport maydonchalari, katta ko‘kalamzor hudud va avtoturargohlar barpo etilgan. Shuningdek, majmua turli obyektlar va metro bekatiga yaqin masofada qurilgan.
Tez orada shaharning Yunusobod tumanida joylashgan Manzara turar joy majmuasiga dastlabki aholi ko‘chib kira boshlaydi. Majmua aholiga qulaylik yaratish uchun turar joy binolari va tijorat ko‘chmas mulkini uyg‘unlashtiradi. Shu bilan birga hududda piyodalar uchun ko‘plab ko‘kalamzor maydonlar, bolalar uchun o‘yin maydonchalari va avtoturargohlar mavjud.
1 kun ichida kreditni rasmiylashtiring va yangi xonadoningizga ko‘chib kiring. Shoshiling, xonadonlar soni cheklangan!
Olmazor Business City: Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-A uy (mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi)
Yangi Choshtepa: Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi
Manzara: Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi raqamdan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Sayt: bizninguylar.uz
Instagram: bizninguylar
Telegram: bizninguylar
Facebook: bizninguylar
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)