• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro hokimi Botir Zaripovning koronavirusga chalingani tasdiqlandi

    Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning koronavirusga chalingani hamda davolanish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi xabarni tasdiqlagan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev hokim kasallikning yengil turini yuqtirganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Botir Zaripov aholi va fuqarolar bilan uchrashuvlarda har doim ular bilan yaqin masofada bo‘lib kelgan.

    “Odamlarni shu qadar yaxshi ko‘radi va o‘ziga juda yaqin oladi. Ularga hurmat va ehtirom sifatida qo‘l cho‘zib ko‘rishadi, yoshi keksa otaxon-onaxonlarga yelka tutadi. Bu esa shuncha himoyalanishga qaramay, kasallikning yengil formasini yuqtirishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — deydi axborot xizmati rahbari.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ga kelib tushgan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, viloyat rahbari aholi bilan uchrashuvlarda niqobsiz bo‘lgan.

    Viloyat rahbari davolanishdan oldin Buxoro shahridagi “Xo‘ja Mushkin” hamda “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inining obodonlashtirishdan keyingi ochilish marosimlarida qatnashgan.  Biroq 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Prezident hamda yoshlar uchrashida ishtirok etmagan.

    “Ayni paytda viloyat rahbari salomatligida manfiylik aniqlangan va u bir necha kungi muolajalarni o‘tab, Toshkent shahridan Buxoroga qaytmoqda”, — dedi Olim Jo‘rayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov hamda hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Ibragimova ham ayni kunda salomatligini tiklagan va ishga qaytgan.

    “Turli mish-mish va noo‘rin gap-so‘zlarga hojat yo‘q. To‘g‘ri, kasallikning yengil formasini o‘tkazdim va men viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘n kuncha davolandim. O‘g‘limda ham kasallik kuzatilgani bois, unga ham muolajalar oldik. Shukurki, hozir salomatmiz. Sog‘ligimizning to‘la tiklanishi uchun qayg‘urgan tibbiyot sohasi xodimlariga minnatdorlik bildirmoqchiman”, — dedi Feruza Ibragimova “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali suhbatda.

    Mazkur xabar saytda e’lon qilinishi arafasida Botir Zaripovning matbuot kotibi Olim Jo‘rayev “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, hokim bilan telefon orqali muloqot qilganini, hokim Toshkent shahriga davolanish uchun emas, oilaviy dam olish uchun ketganini aytib, xabarda ham shunday deb yozishimizni iltimos qildi.

    Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 2020-yil 22-avgust kuni 65 yoshida koronavirusdan vafot etgandi. Viloyat hokimlari orasida ayni kunga qadar Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovlar kasallikka chalinib, davolanib chiqqan.

    Mavzuga doir:

    • “O‘tgan yili kasallangan xodimlarimiz bu yilda ham qayta kasallanyapti” — Sherzod Shermatov
    • Namangan hokimi viloyatda karantin qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilishini ma’lum qildi

    03.07.2021, 11:38   Izoh (0)   35629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 78 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    03.07.2021, 11:11

    Zangiotadagi kasalxona to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan joyda 2,5 mingdan ortiq bemor davolanmoqda

    03.07.2021, 10:38

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 482 kishida koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni uch nafarga ko‘paydi

    03.07.2021, 10:17

    Karantin qoidalariga rioya qiladigan, immuniteti kuchli kishilar vaksina olmasa ham bo‘ladimi? Mutaxassis javob berdi

    03.07.2021, 09:29

    Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘nalishdagi “KamAZ” bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi

    03.07.2021, 09:12

    Turkiyada bosh ko‘targan ayollar, Ispaniya g‘alabasini bashorat qilgan Axilles, Parijda namoyish etilgan masonlar kiyimi. 2-iyul suratlari

    02.07.2021, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.