Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 2-iyul kuni “Agrobank” ATB tomonidan Prezidentning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g‘oyasi asosida, davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan brifing va matbuot anjumanlari rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida “‘Agrobank’da ochiqlik va xolislik” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Agrobank” ATB bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, bank tomonidan tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda aholi va bank mijozlari tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va ularning yechimi bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun ustuvorligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa, hududlarga bo‘lgan tashriflar davomida aholi va tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuv va muloqotlar qilayotganligi, ularning dardini va muammolarini eshitib, murojaatlarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

“Agrobank” ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda belgilangan qonun talablari asosida faoliyat olib bormoqda. Bank boshqaruvi tomonidan aholining keng qatlamlari, barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankka nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash, rivojlantirish, ularning talab va istaklarida aks etgan masalalarni ijobiy hal etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

2021-yilning o‘tgan davri davomida bank boshqaruvi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi va muntazam muhokama qilib borildi.

Tahlillar natijasida, hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi kredit masalasida, shundan 78 foizi ijtimoiy dasturlarga asosan imtiyozli shartlar asosida, garovsiz va imtiyozli foizlarda kredit ajratish, 10 foizi bank xizmatlari yuzasidan ma’lumot olish masalasidagi murojaatlarni tashkil etdi.

Aholi va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida “‘Agrobank’ raisiga murojaat” Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari ishga tushirilgan. Shuningdek, tizimda ishonch telefonlari hamda yagona aloqa markazi (1216) tashkil etilgan. Ushbu ishonch telefonlari orqali mijozlardan tushgan murojaatlar qabul qilinib, qisqa muddatda murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berib borilmoqda.

Murojaatlar tahlili natijasida, kredit masalasida murojaatlarning kelib tushishini oldini olish, ularning salmog‘ini kamaytirish hamda mijozlarning kredit buyurtmalarini tezlashtirish maqsadida bank tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi. Xususan, bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati oshirildi, ular uchun qulay bo‘lgan yangi bank xizmat turlari joriy etildi.

Kreditlar ajratish jarayonini soddashlashtirish va ortiqcha bo‘g‘inlarni kamaytirish maqsadida vakolatlar oshirildi. Jumladan, hududiy boshqarmalarning 300 ming AQSh dollari ekvivalentida kreditlarni mustaqil hal etish, tuman filiallarining esa 50 ming AQSh dollari ekvivalentida bosh bank bilan qo‘shimcha kelishuvsiz, mustaqil qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlari belgilandi.

Joriy yil 1-apreldan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida arizalarni qabul qilish yagona elektron platformasi ishga tushirilishi natijasida, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarda onlayn murojaat qilish va arizaning ijro bo‘lish jarayonlarini kuzatish imkoni yaratildi.

Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatishning dasturlanishi fermer xo‘jaliklari bilan yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar yetkazib beruvchi ta’minotchilar o‘rtasida hisob-kitoblarni Humo korporativ kredit kartalari orqali bajarilishi, ularning bankka kelishi, navbat kutishiga ketadigan vaqtini tejash imkonini berdi.

Fermer xo‘jaliklariga yanada qulaylik yaratish, ularning shikoyat va murojaatlarining oldini olish maqsadida bugungi kunda, barcha agrotexnik (12 ta) yo‘nalishga to‘lovni 1 ta karta orqali amalga oshirish bo‘yicha tizim ishlab chiqilyapti. Shuningdek, tadbirkorlarning kreditdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun revolver va eksportchilarga naqd pulda —  yangi kredit turlari joriy etildi.

Bank mijozlari revolver kredit turidan foydalanilganda bir marta kredit hujjatlari taqdim etib, yil davomida kreditdan foylanishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun “Agro ekspress” milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari xizmati joriy etildi. Ushbu xizmat turi orqali hududlararo pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, aholi va mijozlarga qulaylik hamda zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida kartomat qurilmasi joylashtirildi. Bu qurilma orqali dam olish kunlarisiz va kunning istalgan vaqtida, bank xodimi ishtirokisiz Visa hamda Humo plastik kartalarini 3 daqiqa ichida muomalaga chiqarish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, Agrobank mobile ilovasi orqali TTT (Tezkor to‘lov tizimi) xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu xizmat orqali yuridik shaxslar kunning istalgan paytida, 24/7 rejimida to‘lov topshiriqnomalarini amalga oshirish imkoniyati hamda Visa xalqaro plastik kartalariga yangi parol o‘rnatish, CVV kodlarini sms orqali olish imkoniyati yaratildi.

Aholi va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, joriy yil may-iyun oylarida bank tomonidan joylashtirilgan bankomatlar qayta dislokatsiya qilinib, ushbu jarayonda 342 dona bankomatlar qo‘shimcha 24/7 shoxobchalariga o‘rnatildi va ushbu shoxobchalar soni 508 donaga yetkazildi.

Bugungi kunga kelib, Visa—Humo kobeyjing kartasini emissiya qilish yo‘lga qo‘yilib, kobeyjing karta orqali bir vaqtning o‘zida ikkita to‘lov tizimining afzalliklaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Endilikda O‘zbekiston hamda Visa kartasi qabul qilinadigan dunyoning 200 mamlakatida mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni avtomatik konvertatsiya qilish orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Ushbu kartaning yana bir qulayligi — u terminal va bankomat tanlamaydi. Uni “Agrobank” tomonidan o‘rnatilgan barcha turdagi terminal va bankomatlarda ishlatish mumkin.

Pandemiya davrida butun dunyo internet orqali savdo qilayotgan bir paytda, kobeyjing karta yordamida savdo qilish juda qulay. Ushbu xizmat mijozlarga vaqtni va mablag‘ni tejash orqali kelib tushayotgan ko‘p sonli murojaatlarning kamayishiga olib keldi. Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun esa multivalyuta plastik kartasi joriy etildi. Ushbu xizmat turi orqali bitta plastik kartaga bir vaqtda ham so‘m, ham valyuta mablag‘ini to‘ldirish imkonini beradi.

Bank boshqaruvi tomonidan yangi bank xizmatlari joriy etilishi va amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, aholi hamda mijozlardan naqd pul, hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish, xalqaro pul o‘tkazmalari, plastik karta xizmat turi masalasida murojaat kelib tushishining oldini olishga to‘liq erishildi.

Aholi va bank mijozlari bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida, bank boshqaruv raisi, o‘rinbosarlari va viloyat boshqarmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida, respublikaning 31 ta tuman va shaharlarida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan sayyor uchrashuv davomida mijozlardan 373 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 136 tasi qanoatlantirilgan va 237 tasi bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Muxtasar qilib aytganda, bank tomonidan bundan keyin ham bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda jismoniy va yuridik shaxslarning har bir murojaatini o‘z vaqtida, qonunchilik talablariga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishi yuzasidan talabchanlikni yanada oshiradi. Hududlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti davom ettiriladi, muammolarni joyida hal etishga e’tibor qaratiladi.

Telefonlar: +99871 202 80 08, 11062, 11072

Elektron pochta: agrobank-matbuot@umail.uz

Telegram: https://t.me/AgrobankChannel

Facebook: https://www.facebook.com/agrobankuzbekistan

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi