O‘zbekiston qonuniga zid ravishda faoliyat yuritayotgan ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mamlakat hududida cheklandi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” “Daryo”ga xabar qildi.
Qayd etilishicha, qonun talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi
Mavzuga doir: O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. O‘zbekiston rasmiylari avvalroq bu servislarni ogohlantirgan edi
Avvalroq may va iyun oylarida “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati “VKontakte”, Twitter, WeChat, Skype va TikTok servislari ma’muriyatlariga “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 27-1-moddasi talablarga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berganini ma’lum qilgan edi. Ushbu modda (“O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari”) qonunga 2021-yil 14-yanvardagi qonun bilan kiritilgan bo‘lib, uning amal qilishi 2021-yil 15-apreldan boshlangan edi.
Izoh (0)