“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
17:55, 01.07.2021 30424

Merilin Monro, Madonna va to‘ylarga mehmon sifatida tashrif buyurgan boshqa yulduzlar (foto)

Mashhur bo‘lmagan shaxslarning nikoh marosimiga tashrif buyurib, boshqa mehmonlarni hayratga solgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Merilin Monro

Foto: Cosmopolitan

Aktrisaning 1953-yil 14-fevralda yozuvchi va kolumnist Sheyla Gremning to‘yiga tashrif buyurgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

Elton Jon

Foto: Cosmopolitan

Elton qaylig‘i Renata bilan birgalikda 1986-yil 23-iyulda shahzoda Endryu va Sara Fergusonning nikoh marosimiga tashrif buyurgan.

Madonna

Foto: Cosmopolitan

Xonanda Madonna esa Allan Grubman va Debora Xaimoffning 1991-yil 12-oktabrda bo‘lib o‘tgan to‘yiga borgan. Bu uchun katta gonorarga ham ega bo‘lgan.

Beyonse va Jay-Z

Foto: Cosmopolitan

Xonanda, tabiiyki, turmush o‘rtog‘i bilan birga singlisini to‘yida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmagan. Solanj Noulz 2014-yil 16-noyabrda turmushga chiqqan.

Krishtianu Ronaldu

Foto: Cosmopolitan

Futbolchi o‘zining agenti Xorxe Mendes va Sandra Barbosning to‘yida ishtirok etgan. Marosim 2015-yil 2-avgust kuni Portugaliyaning Portu shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ledi Gaga

Foto: Cosmopolitan

Gaga xonim esa 2015-yil 20-martda dugonasi Arining to‘yida mehmon bo‘lgan. Bu tashrif boshqalarni lol qoldirgan.

Bella va Jidi Hadid

Foto: Cosmopolitan

Opa-singillar 2019-yil 7-aprel kuni dizayner Mark Jeykobs va Chara DeFrancheskoning Nyu-Yorkdagi to‘y marosimiga tashrif buyurgan.