Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda 24-iyun kuni 2021/2022-o‘quv yilida OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda ishtirok etgan DTM direktori Majid Karimovning ta’kidlashicha, kirish imtihonlari xarajatlari qariyb 30 milliard so‘mni tashkil etadi.

“Bizga budjetdan eng minimal mablag‘ beriladi. Bilasiz, bizda o‘zimizning tayanch ekspertlar, tashqaridan jalb qilingan ekspertlar, chet tillarini baholash bo‘yicha ekspertlar ishlashadi. Bundan tashqari, biz fevraldan martgacha harbiy qismlarga borib, test olamiz. Bularning hammasi uchun xarajat qariyb 30 milliard so‘mdan oshadi”, — dedi Majid Karimov.

Qayd etilishicha, bugungacha 50 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20-iyundan OTMlarga onlayn qabul boshlangan va qabul kvotalari tasdiqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi