Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati (33 ta) tasdiqlangan.

Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili:

  • 1-martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10-martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;
  • 1-aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazadi.
2021-yil 1-iyuldan quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portaliga va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:
  • amalga oshirilgan davlat xaridlari;
  • mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
  • Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;
  • o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.
Farmonga ko‘ra, quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
  • OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
  • o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar;
  • nostrifikatsiya test sinovlari.
2021/2022-o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.Avvalroq O‘zbekistonda ayrim xotin-qizlarni hokimliklar va OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilishi, O‘zbekistonda talabalar oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til olishi mumkin bo‘lgani hamda O‘zbekistondagi OTM bitiruvchilariga diplom olish uchun ish beruvchi korxonalardan shartnoma olib kelish yuzasidan topshiriq berilmagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi