O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik amaliy tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, “Yangi Andijon” shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Andijon viloyatiga bundan oldingi tashrifi 2020-yilning mayida amalga oshirilgan edi. O‘shanda davlat rahbari Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rgan, viloyatda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Izoh (0)