Markaziy bank 17-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pastlab, 10 590,46 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,93 so‘mga pastlab, 12 840,93 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 616,02 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.
O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 15-iyun kuni dollar kursi 10 670 so‘mga qadar oshdi.
Izoh (0)