1-iyun kuni O‘zbekistondagi ilk mavzuli attraksionlar parki — Magic City ochilishi bo‘lib o‘tdi. Quyosh botishi bilan unda ko‘plab yorqin chiroqlar nur socha boshladi, bunda esa Akfa Lighting kompaniyasining hissasi katta.

Bu kabi inshootlarning kechqurun faoliyat olib borishida yoritish sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu bois, bu ishni 10 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida asosiy yorug‘lik ta’minotchisi bo‘lib kelayotgan Akfa Lighting o‘z zimmasiga oldi.

Kompaniya ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish ustida doimiy ishlamoqda va jahondagi tendensiyalarni kuzatib bormoqda.

Akfa Lighting kompaniyasi tomonidan parkning 27 ta binosi yoritildi. Ish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi. Butun park illyuminatsiyasini yaratish uchun 7000 tadan ortiq toifadagi tovarlar, jumladan, fasadni yoritish projektorlari, dinamik yoritgichli projektorlar, devoriy, yerusti chiroqlar va yoritish uchun bezakli tayanch qurilmalardan foydalanildi.

Afzalliklardan biri — atrof-muhit uchun xavfsizlik. Lampalar tarkibida suyuq simob, og‘ir metall qorishmalari va zararli moddalar yo‘q. Bu ekologiyani asrashda katta qadam hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida.