Koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga muddatga kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati—2020 11-iyundan 11-iyulga qadar mintaqaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi. “Daryo” Yevro—2020 oldidan terma jamoalar va guruhlardagi holatga qisqa sharh berib o‘tadi. Mazkur sonda F guruhi vakillariga to‘xtalib o‘tamiz.

  • Germaniya
  • Portugaliya
  • Fransiya
  • Vengriya

Kollaj: “Daryo”

Germaniya

  • Bosh murabbiy: Yoaxim Lyov
  • FIFA reytingi: 12-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Chempion (1972, 1980, 1996)
  • Yulduz futbolchilar: Manuel Noyer, Tomas Myuller, Toni Kroos.

Germaniya terma jamoasi saralash bosqichida Niderlandiya, Shimoliy Irlandiya, Belarus va Estoniyaga qarshi bahs olib bordi. Jamoa faqat Niderlandiyaga qarshi bitta o‘yinni boy berib, qolgan barcha bahslarni g‘alaba bilan yakunladi.

Foto: Getty Images

Nemislar mana 25 yildirki Yevropa chempionligini qo‘lga kirita olmayapti. So‘nggi uchta musobaqada jamoa bunga yaqin keldi: 2008-yilda finalda ispanlarda boy berilgan final, 2012 va 2016-yilda yarim finaldagi omadsizliklar bunga isbot. Bu Lyov uchun so‘nggi imkon bo‘ladi, “nemis mashinasi” bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan mutaxassisning javonida Yevro bosh sovrini uchun atalgan joy hamon bo‘sh turibdi. Avvalroq Lyov mazkur musobaqadan keyin Germaniya terma jamoasini tark etishi va uning o‘rnini Hans-Diter Flik egallashi ma’lum bo‘lgandi.

Germaniyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Manuel Noyer (“Bavariya”), Bernd Leno (“Arsenal”), Kevin Trapp (“Ayntraxt”);

Himoyachilar: Mattias Ginter (“Borussiya M”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Robin Gosens (“Atalanta”), Kristian Gyunter (“Frayburg”), Marsel Halstenberg (“Leypsig”) , Mats Hummels (“Borussiya D”), Lukas Klostermann (“Leypsig”), Robin Kox (“Lids”), Niklas Zyule (“Bavariya”);

Yarim himoyachilar: Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”), Toni Kroos (“Real”), Emre Jan (“Borussiya D”), Yozua Kimmix (“Bavariya”), Tomas Myuller (“Bavariya”), Jamal Musiala (“Bavariya”), Serj Gnabri (“Bavariya”), Leon Goretska (“Bavariya”), Kay Havers (“Chelsi”), Yonas Hofmann (“Borussiya M”), Leroy Sane (“Bavariya”), Florian Noyhaus (“Borussiya M”);

Hujumchilar: Timo Verner (“Chelsi”), Kevin Folland (“Monako”)

Germaniya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Fransiya

  • Bosh murabbiy: Didye Desham
  • FIFA reytingi: 2-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Chempion (1984, 2000)
  • Yulduz futbolchilar: Kilian Mbappe, Pol Pogba, Karim Benzema...

Saralash bosqichi fransuzlar uchun kutilmaganda og‘ir o‘tdi. Jamoa Turkiyaga qarshi ikki o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi. Bosim so‘nggi turlarga qadar saqlanib qoldi, biroq shunday bo‘lsa-da Desham shogirdlari birinchi o‘rin bilan musobaqa masalasini hal qildi.

Foto: Reuters

Amaldagi Jahon chempioni yulduzli tarkib bilan musobaqaga yetib keldi. So‘nggi vaqtlarda jamoada gol urish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘layotgan va markaziy hujum chizig‘ida to‘p suradigan o‘yinchiga ehtiyoj paydo bo‘lgandi. Yevro oldidan Desham 6 yillik kelishmovchilikdan keyin, nihoyat Karim Benzemani terma jamoaga qaytardi. Har bir chiziqda yulduzlarga ega Fransiya ko‘plab mutaxassislar fikriga ko‘ra musobaqaning yaqqol favoriti hisoblanmoqda. Biroq fransuzlarni oson bo‘lmagan guruh o‘yinlari kutib turibdi.

Fransiyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Ugo Lyoris (“Tottenhem”), Mayk Menyan (“Lill”), Stiv Mandanda (“Marsel”);

Himoyachilar: Lyuka Din (“Everton”), Leo Dyubua (“Lion”), Lyuka Ernandes, Benjamen Pavar (ikkisi – “Bavariya”), Presnel Kimpembe (“PSJ”), Jyul Kunde (“Sevilya”), Kleman Langle (“Barselona”), Rafael Varan (“Real”), Kurt Zuma (“Chelsi”);

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (“Chelsi”), Toma Lemar (“Atletiko”), Pol Pogba (“Manchester Yunayted”), Adriyen Rabyo (“Yuventus”), Mussa Sissoko (“Tottenhem”), Koranten Tolisso (“Bavariya”);

Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder (“Monako”), Karim Benzema (“Real”), Kingsli Koman (“Bavariya”), Usmon Dembele, Antuan Grizmann (ikkisi – “Barselona”), Olivye Jiru (“Chelsi”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Markus Tyuram (“Borussiya M”).

Fransiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Portugaliya

  • Bosh murabbiy: Fernandu Santush
  • FIFA reytingi: 5-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Chempion (2016)
  • Yulduz futbolchilar: Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Joau Feliks.

Portugaliya saralash bosqichini o‘z odatiga ko‘ra xavotirli ruhda o‘tkazdi. Portugallar Ukrainadan keyingi o‘rinni egalladi va Serbiyadan uch ochko ko‘proq to‘plab, ikkinchi pog‘ona bilan Yevroga yo‘l oldi.

Foto: Twitter

Amaldagi chempion maqomida yetib kelgan Portugaliya tarkib jihatidan ko‘plab jamoalarni ortda qoldiradi. Mavsumni fantastik ruhda o‘tkazgan Ruben Diash, Brunu Fernandesh, Andre Silva, shuningdek, barqarorlikni saqlab turgan Ronaldu — istalgan jamoaga bosh og‘riq bo‘la oladi.

Portugaliyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Antoni Lopesh (“Lion”), Ruy Patrisiu (“Vulverhempton”), Ruy Tiagu Silva (“Granada”);

Himoyachilar: Joau Kanselu, Ruben Diash (ikkisi – “Manchester Siti”), Nelson Semedu (“Vulverhempton”), Pepe (“Portu”), Joze Fonte (“Lill”), Rafael Gerreyru (“Borussiya D”), Nunu Mendesh (“Sporting”);

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Danilu Pereyra (“PSJ”), Pedru Gonsalvesh, Joau Palinya (ikkisi – “Sporting”), Ruben Nevesh, Joau Moutinyu (ikkisi – “Vulverhempton”), Renatu Sanshesh (“Lill”), Serjiu Oliveyra (“Portu”), Vilyam Karvalyu (“Betis”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Diogu Jota (“Liverpul”), Rafa Silva (“Benfika”), Joau Feliks (“Atletiko”), Gonsalu Gedesh (“Valensiya”);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Andre Silva (“Ayntraxt”).

Portugaliya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Vengriya

  • Bosh murabbiy: Marko Rossi
  • FIFA reytingi: 37-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: 1/8 final (2016)
  • Yulduz futbolchilar: Dominik Soboslai, Peter Gulachi.

Saralashda murakkab guruhdan o‘rin olgan vengerlar Xorvatiya, Uels va Slovakiyadan keyin to‘rtinchi o‘rin olib, musobaqani muvaffaqiyatsiz yakunladi. Shundan keyin jamoa Millatlar Ligasidagi natijasi evaziga o‘tish o‘yinlarida ishtirok etdi. Yarim finalda Ruminiya, finalda esa Islandiya bir xil — 2:1 hisobida taslim etildi va Vengriya ketma-ket ikkinchi marta Yevro yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Vengriya 2016-yilda 44 yil deganda ilk bor Yevro yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va Portugaliya bor guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l olgandi. 1/8 finalda jamoani Belgiya to‘xtatib qolgandi. Vengriya bu safar “o‘lim guruhi”ga tushib qoldi. Shubhasiz jamoa guruhning yaqqol autsayderi sifatida e’tirof etilmoqda.

Vengriyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Adam Bogdan (“Ferensvarosh”), Denesh Dibus (“Ferensvarosh”), Peter Gulachi (“Leypsig”), Bolaj Tot (“Pushkash-Akademiya”);

Himoyachilar: Bendeguz Bolla (“Fehervar”), Endre Botko (“Ferensvarosh”), Ottilo Fiolo (“Fehervar”), Silvester Handya (“Fehervar”), Akosh Kechkesh (“Lugano”), Adam Long (“Omoniya”), Gerge Lovrenchich (“Ferensvarosh”), Villi Orban (“Leypsig”), Chobo Shpondler (“Pushkash-Akademiya”), Ottilo Soloi (“Fenerbahche”);

Yarim himoyachilar: Tomash Cheri (“Mezekeveshd”), Daniel Gozdog (“Gonved”), Filip Holender (“Partizan”), Laslo Klyaynxaysler (“Osiyek”), Adam Nod (“Bristol”), Loik Nego (“Fehervar”), Ondrash Shafer (“DAK-1904”), David Shiger (“Ferensvarosh”), Dominik Soboslai (“Leypsig”);

Hujumchilar: Yanosh Han (“Paksh”), Nemanya Nikolich (“Fehervar”), Roland Sholloi (“Frayburg”), Sobolch Shen (“Dalla”), Adam Soloi (“Mayns”), Kevin Varga (“Qosimposha”), Roland Varga (“MTK”).

Vengriya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevropa chempionati 11-iyunda Turkiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Musobaqaning final o‘yini 11-iyulga mo‘ljallangan.

Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!