Davlat xaridlari portaliga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan premium-klassdagi tilla qoplamali 2 dona ruchka sotib olish taklifi joylashtirildi.

Foto: Parker

Vazirlik ushbu qimmatbaho ruchkalarning har biri uchun 15 million so‘mdan, jami 30 million so‘m taklif qilgan.

Foto: Davlat xaridlari portali

9120353 raqamli lot uchun takliflar 16-iyunga qadar qabul qilinadi.

Avvalroq Surxondaryo hokimligi qariyb 700 mln so‘mga ikkita Skoda Kodiaq xarid qilgani, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 326 mln so‘mlik Malibu-2 xarid qilish uchun shartnoma tuzgani, Madaniyat vazirligi vazir o‘rinbosarlari uchun eng qimmat Malibu’dan ikkita sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.