Taniqli shaxslar ishtirokidagi reklama har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Natijasi aksincha bo‘lganlari bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Kim Kardashyan va ozdiruvchi shirinliklar

Foto: Cosmopolitan

Shou-biznes yulduzi ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilinadi. Shunday qilib, Kardashyanning yana bir posti g‘azablarga duchor bo‘ldi. Haqiqat shundaki, Kardashyan ishtahani bo‘g‘ishga yordam beradigan shirinlikni reklama qildi va bu to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlariga yoqmadi. “Siz bolalaringizga ishtahani bo‘g‘adigan vositalaridan foydalanishni maslahat berasizmi? Sog‘lom parhezni targ‘ib qilishdan ko‘ra yoshlarni ochlikka da’vat etasizmi? Inson o‘z imkoniyatidan shunday tarzda foydalanishi kerakmi?” kabi savollar berilgan.

Krishtianu Ronaldu va Nike

Foto: Cosmopolitan

2010-yilda Nike Jahon chempionatiga reklama suratga olish uchun Ronaldu va boshqa bir nechta futbolchilar bilan hamkorlik qilgan. Reklamaning mohiyati shundaki, har bir yangi harakat, zarba, gol bilan birga sportchilar o‘yin yo‘nalishini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ammo rolikdagi ba’zi futbolchilar Jahon chempionatiga umuman bormaganligi, boshqalari, shu jumladan, Ronalduning juda past natijalarni ko‘rsatgani tufayli butun dunyo reklama ustidan kulishni boshlagan.

Helena Bonem Karter va Yardley kosmetikasi

Foto: Cosmopolitan

Bir necha yil oldin aktrisa Yardley kosmetika kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan edi. Hamkorlik Helena intervyusida aytmaguncha yaxshi o‘tdi: “Men hech qachon bo‘yanmayman. Nima uchun ular meni kosmetik brendning yuziga aylantirishganini tushunmayapman”. Albatta, bu so‘zlardan keyin kompaniya yulduz bilan shartnomani bekor qilgan.

Anjelina Joli va St. John

Foto: Cosmopolitan

2005-yilda Joli o‘zining arzon trikotaj kiyimlari, konservativ kostyumlari va soxta marvaridlari bilan tanilgan St. John brendining yuziga aylanish uchun uch yillik shartnomani imzolagan. Mish-mishlarga ko‘ra, kompaniya Anjelinaga ushbu loyiha uchun 12 million dollar to‘lagan. Va bundan afsuslangan. Bir necha yil o‘tgach, kompaniya kutilgan daromadni olmagani uchun shartnoma bekor qilindi. Rolik va bannerlarda xaridorlar faqat yulduzni ko‘rgan va ko‘pincha u nimani reklama qilayotganiga umuman ahamiyat ham bermagan.

Kendall Jenner va Pepsi

Foto: Cosmopolitan

2017-yilda Pepsi janjalga sabab bo‘lgan reklamani chiqardi. Sujetga ko‘ra, Kendall Jenner turli millat va dinlarga mansub yoshlar tomosha qilayotgan fotosessiyada qatnashmoqda. Ular pasifist plakatlarni ko‘tarib, musiqa asboblarida chaladi va raqsga tushadi. Kendall faollarga qo‘shiladi. Yo‘l-yo‘lakay u Pepsi bankasini olib, olomonni to‘sib qo‘ygan politsiyachilar yoniga boradi va ulardan biriga ichimlik beradi. Natijada hamma quvonadi va do‘stona aloqalar boshlanadi. Rolik Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishining bir yilligida minglab namoyishchilar ko‘chaga chiqqanda namoyish etilgan.

Brendning g‘oyasi shundayki, yosh avlod “bu yerda va hozir” tamoyili asosida yashaydi, ammo tomoshabinlar buni tushunmaydi.  Ba’zilar buni norozilik aksiyasiga chorlash deb qaror qildi, boshqalari esa hazillashdi: “Ajoyib.  Muvaffaqiyatli inqilob uchun bizga Kendall Jenner va ichimlik kerak”.  Natijada Pepsi videoni YouTube’dan olib tashladi va jamiyatdan kechirim so‘radi.