O‘zbekistonda 30-may kuni yana 211 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 29-may kuni 280 nafar, 28-may kuni 264 nafar, 27-may kuni 236 nafar, 26-may kuni 280 nafarni tashkil etgandi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 24 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 65 nafari Toshkent viloyatida,
- 85 nafari Toshkent shahrida
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Buxoroda 10 nafar, Namanganda 12 nafar, Farg‘onada 8 nafar hamda Toshkent shahrida 177 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95 993 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanyapti.