NASA kosmosdagi astronavtlarning hayotini yaxshilashga xizmat qiladigan usulni qidirmoqda. Buning uchun kosmik agentlik Premyu universiteti (AQSh) olimlari va Whirlpool maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi muhandislari bilan birlashgan — ular hamkorlikda Xalqaro kosmik stansiyadagi yeguliklarning uzoq muddat saqlanishiga xizmat qiladigan qurilmani yaratdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Olimlar astronavtlarning yeguliklarini hozirgidan ikki barobar ko‘proq muddat saqlash imkonini beradigan kosmik muzlatkichni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun muhandislar past gravitatsiya sharoitida ham ishlay oladigan modifikatsiyalangan moysiz kompressor yaratgan.

Kosmik muzlatkichning birinchi prototipi mikroto‘lqinli pech o‘lchamida bo‘lgan — u bir necha bor astronavtlar vaznsizlik holatini mashq qiladigan samolyotlar yordamida mikrogravitatsiya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Keyingi bosqich — prototipni Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish. Kosmonavtlar muzlatkich ishini real sharoitda sinovdan o‘tkazishi va u mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytirishga yordam berish-bermasligini aniqlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda NASA Oyga uchadigan astronavtlar uchun mo‘ljallangan yangi kostyumni namoyish etgandi.