Shavkat Mirziyoyev 1–2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident, shuningdek, 31-may kuni turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotida ishtirok etadi.

4-iyun kuni yer hisobi va davlat kadastrlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lishi mo‘ljallangan.

Davlat rahbari ushbu viloyatga so‘nggi marta 2019-yilning oktabrida borgan edi.