Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar mavzelarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Bugungi yig‘ilishda aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar joylarni ta’mirlash orqali ularga munosib sharoit yaratib berish bo‘yicha aniq vazifalarni muhokama qilamiz.

2021-yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash doirasida 7 ming 794 ta qishloq va mahallada bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar belgilanib, bunga 18 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga yana qo‘shimcha 300 million dollar ajratdik. Natijada birgina ichimlik suvi ta’minoti sohasida 1 ming 300 kilometrlik tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 8,5 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi.

O‘tgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 1 mingta transformator yangilandi. Lekin barcha sohalar va hududlarda ham ishlar bir xilda sifatli bajarilyapti, deb bo‘lmaydi.

Misol uchun, jami 256 ta yoki 13 foiz ijtimoiy soha obyektlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan bo‘lsa, 600 ta, ya’ni 47 foiz obyekt bo‘yicha tender yakunlanmagan. Shundan 290 ta maktab, 164 ta bog‘cha, 110 ta tibbiyot muassasasi, 12 ta madaniyat, 22 ta mahalla va 2 ta sport obyekti.

Jumladan, Xorazmda – 36 ta (49 foiz), Namanganda – 68 ta (64 foiz), Toshkent viloyatida – 104 ta (64 foiz), Farg‘onada – 58 ta (50 foiz), Toshkent shahrida – 17 ta (85 foiz) obyektlar bo‘yicha tenderlar boshlanmagan”, – dedi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 368 ta obyektda ishlar amalga oshirilishi belgilangani bilan hozirgacha Toshkent shahri, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan boshqa hududlarda ishlar boshlanmagan.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev tenderdagi loyihalar reytingda yo‘q qurilish kompaniyalariga berib yuborilayotganini tanqid qilgani hamda Urganch tumani SEO tomonidan o‘tkazilgan tenderda rahbarning ukasiga tegishli korxona g‘olib chiqqani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)