Nigeriyaning Kebbi shtatida Niger daryosi bo‘ylab yo‘lovchilarni olib ketayotgan kema ag‘darilib ketdi, deb yozadi Meduza.

Foto: AFP

Reuters va AFP mahalliy hukumatga tayanib xabar qilishicha, kemada qariyb 180 kishi bo‘lgan, ammo u aslida 80 kishiga mo‘ljallangan. Kemada, shuningdek, yaqin oradagi qo‘lbola oltin konidan olingan qum solingan qoplar ham bo‘lgan.

20 ga yaqin yo‘lovchi qutqarib olingan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Yana 156 kishi hali topilgani yo‘q, ular cho‘kib ketgan deb hisoblanmoqda.

Nigeriyada kichik kemalar cho‘kib ketishi ko‘p sodir bo‘ladi, bunga asosan ularning sig‘imi oshib ketishi, sifatsiz texnik xizmat ko‘rsatilishi va noqulay ob-havo sharoitlari sabab bo‘ladi. Ammo, AFP qayd etishicha, Kebbi shtatidagi halokat so‘nggi yillardagi eng yirigi bo‘ldi.